Ensiklopedik lugʻat
„Ensiklopedik lugʻat“ — ikki jildli ensiklopedik lugʻat. Lugʻat oʻzida 30 000ga yaqin izohni jamlagan boʻlib, ilk oʻzbek tilidagi ixcham ensiklopediyadir. Lugʻat „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh tahririyatida chop etilgan. „Ensiklopedik lugʻat“ning birinchi jildi 1988-yilda, ikkinchi jildi esa 1990-yilda chiqarilgan. Lugʻatga falsafa fanlari doktori Qoʻchqor Xonazarov bosh muharrirlik qilgan.
„Ensiklopedik lugʻat“ga hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy hayotining, xalq xoʻjaligining, fan va texnika, adabiyot va sanʼatning hamma sohalariga oid maʼlumotlar kiritilgan. Lugʻatda, shuningdek, Sovet Ittifoqi va undagi ittifoqchi hamda avtonom respublikalar, oʻlkalar, oblastlar, yirik shaharlar va ularning ahamiyatga ega viloyatlari, shaharlari haqida geografik, tarixiy va iqtisodiy maʼlumotlarni topish mumkin.
Jildlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org