Enock Mwepu




Enock Mwepu (talaffuzi: Inok Mvepu; 1998-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — Zambiyalik professional futbolchi, Premier League vakili Brighton & Hove Albion klubida yarim himoyachi va Zambiya terma jamoasi sardori.

Jamoalardagi faoliyati



Ilk



Mwepu faoliyatini 2013-yilda Lusakadagi Kafue Celtic bilan boshladi, keyin Airtel Rising Starsga oʻtdi. 2015-16-yilgi mavsumda Mwepu Copperbeltning Power Dynamos futbol klubi bilan oz vaqt oʻynadi. 2016-yilgi mavsum oxirida NAPSA Starsga oʻtdi.

2017-yil iyun oyida Mwepu Red Bull Salzburgga qoʻshildi va Avstriya Futbol Birinchi Ligasida oʻynaydigan Zalsburgning Liefering klubiga ijaraga berildi. 2019- va 2020-yilgi mavsumda Mwepu oʻzini Salsburgning asosiy tarkibidan joy oldi. UEFA Chempionlar ligasida debyutini Anfieldda Liverpool ga 4:3 hisobida magʻlub boʻlganida oʻtkazdi. 2019-yilning 18-dekabrida Mwepu „Zalsburg“ bilan shartnomasini 2024-yilning yoziga qadar uzaytirdi.


Brighton & Hove Albion



2021-yilning 6-iyulida Enock nomaʼlum to‘lov evaziga to‘rt yillik shartnoma asosida Premer-liganing „Brighton & Hove Albion“ jamoasiga o‘tdi. 31-iyul kuni Luton Townda boʻlib oʻtgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida jamoasi bilan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 14-avgust kuni 2021-22-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida Albiondagi debyutini oʻtkazdi va Enock „Turf Moor“da 2:1 hisobidagi gʻalabali oʻyinning 2-boʻlimida Adam Lallanaga almashtirildi.

Mwepu 21-avgust kuni oʻz uyidagi debyutini mavsumning ikkinchi oʻyinida Watford ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan oʻtkazdi. Mwepu Brentfordga qarshi oʻyinda Leandro Trossardning goliga assistentlik qildi.

Mwepu 2022-yilni va umuman Sussexdagi vaqtini jarohat va kasallik tufayli kam oʻynadi. Jarohatdan qaytganidan keyingi ilk startida Mwepu 9-aprel kuni Arsenalga safarda 2:1 hisobida gʻalabali oʻyinda Trossardning goliga golli uzatmani amalga oshirdi va bu Brightonning yettita uchrashuvini gʻalabasiz yakunlashiga yordam berdi.

Mwepu aprel oyida sonidan yengil jarohat oldi va shu bilan mavsumning soʻnggi oʻyinida maydonga tushishga muvaffaq boʻldi, jamoasi oʻz uyida West Ham ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi, toʻqqizinchi oʻrinda mavsumni yakunladi.

Terma jamoalardagi faoliyati



2014-yilda Mwepu 2015-yilgi Afrika U-17 chempionatida mamlakatni himoya qilgan. 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoa tarkibida boʻlgan, u yerda Zambiya A guruhidan Niger, Nigeriya va Gvineya bilan oʻynagan. Mwepu oʻzining koʻp qirraliligi bilan mashhur.

Mwepu Zambiya terma jamoasi bilan birinchi xalqaro golini AFCON saralash bosqichida 2017-yil 2-sentyabrda Lusakada Jazoirga qarshi o‘yinda kiritdi, o‘yinda Zambiya 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shaxsiy hayoti



Mwepuning ukasi Fransisko Mwepu ham professional futbolchi.

Faoliyat statistikasi



Klublarda




2021–22-yilgi mavsum oxiri[18]

Xalqaro gollar




Ballar va natijalar birinchi boʻlib Zambiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Mwepu golidan keyin ochkoni koʻrsatadi[19].

Yutuqlari



Red Bull Salzburg

Zambiya U20

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz