Ennio De Jorji




Ennio De Giorgi (talaffuzi: Ennio De Jorji) (8-fevral 1928-yil – 25-oktyabr 1996-yil) — italiyalik matematik. Giorgi qisman differensial tenglamalar hamda matematika asoslari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1990-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Giorgi koʻplab mukofot va sovrin bilan taqdirlangan. 1993-yil Paris unviversitetidan matematika boʻycha, 1992-yil esa Lecce universitetidan falsafa boʻyicha faxriy darajalarni olgan. 1995-yil AQSh Milliy fanlar akademiyasi aʼzosi etib tayinlangan.

Giorgi minimal sathlar boʻyicha Bernstein masalasini yechgan. 1957-yil elliptik qisman differensial tenglamalar boʻyicha Hilbertning 19-masalasi yechimini topgan. Giorgidan mustaqil tarzda John Nash ham ayni masala ustida ishlayotgan boʻlgan va ikki olim alohida yechim topgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz