Enn Yuing
Enn Yuing (inglizcha: Ann Ewing, asli
Smit ,
Raylandning birinchi turmushida) ― 1978-1991-yillardagi „Dallas“ teleserialning davomi boʻlgan Amerikaning „Dallas“ teleserialidagi qahramon. Enn Yuing rolini Brenda Strong 2012-yil 13-iyundagi pilot epizoddan 2014-yil 22-sentabrdagi seriya finaligacha oʻynaydi. Personaj1978-1991-yillardagi asl serialda suratga olinmagan kam sonli qahramonlardan biridir.
Paydo boʻlish tarixi
Kasting va paydo boʻlish tarixi
2011-yil 5-aprelda Brenda Strong Dallas filmining yangilangan versiyasida Enn Yuing rolini oʻynashi eʼlon qilindi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bundan oldin „Shaddod bekalar“ serialida sakkiz mavsum davomida oʻynagan Strong shoudan „Dallas“ tajribaviy postanovkasiga qoʻshilgan uchinchi aktyorga aylandi. U Bobbining (Patrik Daffi) yangi rafiqasi, sokin ayol sifatida filmga kiritildi, u zohiran bosiq ayol, ammo voqealar rivojlangan sayin sirlari yuzaga chiqaveradi.
Xarakteristika va syujet liniyalari
Enn Yuing Yuinglar oilasining kayvonisidir va yangi Miss Elli (Barbara Bel Geddes) sifatida tasvirlangan. Qahramon yilqichi va chavandoz boʻlib, u tomosha boshlanishidan yetti yil oldin, Syu Ellen Yuing uni Bobbi bilan tanishtirganda voqealarga qoʻshiladi.
Birinchi mavsumning koʻp qismida Enn Bobbining bosiq xotini, soyadagi qahramon boʻlib, uning shaxsi tomoshabin koʻzidan yashirin edi. Birinchi mavsumning oxiriga yaqin uning sobiq eri Xarris Raylend (Mitch Pilejji) Bobbi bilan nikohini buzishga harakat qilgan personaj sifatida syujetga kiritiladi. Ikkinchi mavsumning premyera qismida Ennning Emma Braun (Emma Bell) ismli qizi borligi maʼlum boʻladi, uni Xarris soʻnggi yigirma yil davomida undan yashirib yurgan. Natijada, keyingi koʻplab epizodlarda asosiy ekran vaqti Ennga bagʻishlanadi. Baʼzi tanqidchilar syujet ayolga qaratilganligidan, hatto, epizodlarni „Enn Yuing shousi“ deb atashgan. Xarris oʻzining yovuz onasi Judit Braun Rayland (Judit Layt) bilan birga Emmani shu yillar davomida undan yashirib kelganini bilgach, Enn uni oʻldirishga qaror qiladi. U Xarrisni otadi, lekin u tirik qoladi va Enn tezda sudga tortiladi. U Xarrisni oʻldirishga uringani uchun shartli muddat oladi va sud jarayonida Emma unga yaqinlashishga harakat qiladi.
Qabul qilinishi
Entertainment Weekly jurnalidan Ken Taker personajni ijobiy baholadi va Enn Yuingning Bobbi bilan yaxshi kelishganligini taʼkidladi, ayniqsa, u saraton kasaliga chalinganidan xabar topgan sahnalari yaxshi chiqqan. Tanqidchi Ed Bark Ennni „Juma Tungi Chiroqlari“ filmidagi Konni Britton xarakteriga qiyosladi, biroq Strongning xarakteri, garchi uning tarixi qiziqarli boʻlsa-da, juda gʻamginligini taʼkidladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org