Enis Bardhi




Enis Bardhi (talaffuzi: Enis Bardi; 1995-yil 2-iyulda Makedoniyaning Skopye shahrida tugʻilgan) — makedoniyalik futbolchi, Turkiyaning „Trabzonspor“ futbol klubi va Shimoliy Makedoniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Enis Bardhi „Shkupi“, Daniyaning „Brøndby“ va Shvetsiyaning „Prespa Birlik“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda ikkinchisi tarkibida Shvetsiya ikkinchi ligasida debyut qilgan. Debyut mavsumida Enis Bardhi 19 oʻyinda 11 ta gol urgan va yozda Vengriyaning „Újpest“ futbol klubiga oʻtgan. 14-sentyabr kuni „Videoton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Enis Bardhi Vengriya chempionatida debyut qilgan. 24-oktyabr kuni „Nyíregyháza Spartacus“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Újpest“ safida birinchi golini urgan. Enis Bardhi 2017-yilda 12 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

2017-yilning yozida Enis Bardhi Ispaniyaning „Levante“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 1,5 million yevroni tashkil qilgan. 21-avgust kuni „Villarreal“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Enis Bardhi La Ligada debyut qild. 26-avgust kuni „Deportivo la Coruna“ futbol klubiga qarshi bahsda Enis Bardhi „Levante“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati



2015-yilning 27-mart kuni Belarusga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bahsida Enis Bardhi Makedoniya terma jamoasi safida debyut qilgan.

2017-yilda Makedoniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Enis Bardhi Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Enis Bardhi Ispaniya, Serbiya va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Serblar va portugallarga qarshi bahslarda Enis Bardhi gol urgan.

9-oktyabr kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Lixtenshteynga qarshi oʻyinda Enis Bardhi terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz