English with Lucy




Lucy Bella Simkins (qizlik familyasi: Earl) — ingliz tili (xorijiy til sifatida) oʻqituvchisi, YouTubedagi „English with Lucy“ taʼlimga oid kanalining asoschisi. 2017-yilda ingliz tilini o‘qitishda innovatsiyalar bo‘yicha British Council tomonidan ELton mukofoti bilan, 2018-yilda esa Westminster universiteti tomonidan tadbirkorlik mukofoti bilan taqdirlangan.

YouTubedagi faoliyati



2016-yilda, universitetning so‘nggi bosqichida o‘zining YouTubeʼda „English with Lucy“ taʼlimga oid kanalini ochadi. Faoliyatining birinchi yilidayoq kanalining kuzatuvchilari 100 000ga yetadi.

Kanal The Times, ITV News, BBC News, Business Insider va Tages-Anzeiger Panorama nashrlarida tilga olingan.

Kanal mazmuni Indoneziyadagi universitetda ilmiy tahlildan oʻtkazilgan (2018-yil) hamda ingliz tili oʻrganuvchilarga tavsiya etilgan.

Lucy Bella Earl ona tilidan tashqari ispan va italyan tillarini yaxshi biladi.

Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz