Engels Cho‘qqisi




Engels choʻqqisi — Pomirning Shoxdara tizmasidagi togʻ choʻqqisi. Balandligi 6510 m. Arxey davri gneys va kristalli slanetslardan tashkil topgan. Choʻqqi atrofi hududida, Shoxdara tizmasining shim. va jan. yon bagʻirlarida muzliklar bor. Choʻqqining shim. etagida Naspar muzligi (5,1 km²), jan. etagida Kishtijarob muzligi (8,3 km²) joylashgan. Yon bagʻirlarida qoya va choʻqqilar bor. Choʻqqiga 1954-yilda alpinistlar chiqishgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz