Engel qonuni




Engel qonuni — bir mamlakat miqyosida daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi aloqadorlikni tavsiflaydigan qonun. Nemis iqtisodchisi va stastistigi Ernst Engel (1821 — 1896) tomonidan ifodalab berilgan. K°nunning asosiy gʻoyasi milliy daromadning oziqovqat mahsulotlari uchun sarflangan hissasi farvonlikning bevosita indikatori ekanligini koʻrsatishdan iborat. Bu hissaning past boʻlishi farovonlikning yuqori ekanligini ko'rsatadi. Oilaning daromadi oʻsishi bilan oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar salmogʻi pasayadi, kiyimkechak, uyjoy, kommunal xizmatlar xarajatlari nisbatan kam oʻzgaradi, madaniy extiyojlarni qondirish xarajatlari hissasi esa ortadi. Daromad bilan isteʼmol oʻrtasidagi teskari proporsionallikni ifodalashda Engel egri chizigʻi qoʻllaniladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz