Eng qaygʻuli shodlik
„
Eng qaygʻuli shodlik “ — ispan shoiri Federico García Lorcaning oʻzbek tiliga oʻgirilgan sheʼrlaridan iborat kitob. Kitobdagi sheʼrlar shoir hamda tarjimon Shavkat Rahmon tomonidan tarjima qilingan. Shuningdek, kitobni bezashda ishlatilgan surat shaxsan Lorca tomonidan chizilgan.
Shavkat Rahmon kitobni tuzish va tarjima qilish jarayonida oʻzi duch kelgan murakkab joylarga izohlar berib oʻtgan. Izohlar Lorcaning 1979-yili nashr etilgan „Moscu, Editorial Progreso“ nomli ispan tilida chop etilgan kitobiga ilova qilingan holda berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org