Eng koʻp obunachiga ega TikTok hisoblar roʻyxati




Ushbu roʻyxat 2018-yilda musical.ly bilan birlashtirilgan Xitoyning TikTok ijtimoiy media platformasidagi eng koʻp obunachilarga ega 50 ta akkauntni oʻz ichiga oladi. Platformada eng koʻp kuzatuvchisi boʻlgan shaxs Khaby Lame boʻlib, u 153 milliondan ortiq obunachiga ega. U 2022-yilning 22-iyunida eng koʻp kuzatuvchisi boʻlgan Charli D'Ameliodan oʻzib ketdi.


Eng koʻp obunachiga ega hisoblar



Quyidagi jadvalda TikTokda eng koʻp obunachiga ega 50 ta akkaunt roʻyxati, har bir hisob tavsifi va ularning kelib chiqqan mamlakati keltirilgan, ularning obunachilari soni yuz minglar xonasigacha yaxlitlangan.


Avvalgi eng koʻp obunachiga ega foydalanuvchilar




Quyidagi jadvalda TikTok tarixidagi eng koʻp obunachiga ega boʻlgan hisoblar roʻyxati keltirilgan, rasmiy TikTok hisobi bundan mustasno.

Khaby Lame 2022-yil 22-iyun kuni eng koʻp obuncahiga ega TikTok foydalanuvchisi boʻlishidan oldin Charli D'Amelio eng koʻp obuncahiga ega TikTok foydalanuvchisi boʻlgan. D'Amelio 2020-yil 25-mart kuni 41,4 million obunachi bilan eng koʻp obunachiga ega TikTok foydalanuvchisiga aylandi va avvalgi rekordchi Loren Greyni ortda qoldirdi. Oʻsha yili D'Amelio 100 million obunachiga erishgan birinchi TikTok foydalanuvchisi boʻldi.

Loren Greygacha, Liza va Lena TikTokda eng koʻp obunachiga ega shaxslar boʻlgan, ular oʻz akkauntlarini oʻchirib tashlagan paytda 32,7 milliondan ortiq obunachiga ega edi. Ular 2019-yil mart oyida shaxsiy hayotidagi muammolar va platformaga qiziqish yoʻqolganini sabab qilib, oʻz akkauntlarini oʻchirib tashlashdi. Ular 2020-yil 7-may kuni xuddi shu foydalanuvchi nomi bilan TikTokda yangi akkaunt ochishdi.

Liza va Lenadan oldin Baby Ariel TikTok foydalanuvchilari orasida eng koʻp obunachiga ega foydalanuvchi boʻlgan.


Douyindagi eng koʻp obunachiga ega hisoblar



Quyidagi roʻyxatda 30-iyun, 2022-yil(2022-06-30) holatiga koʻra, Douyinda eng koʻp obunachiga ega 20 nafar foydalanuvchi haqida maʼlumot keltirilgan. Douyin tarmogʻi TikTokka oʻxshash, biroq faqatgina Xitoy hududiga tegishi hisoblanadi. Tarmoq Xitoy senzurasi cheklovlariga rioya qilish uchun alohida serverlarda ishlaydi. TikTok ham, Douyin ByteDance kompaniyasiga tegishlidir.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz