Eng gullagan yoshlik chogʻimda
„
Eng gullagan yoshlik chogʻimda “ — rejissor Melis Abzalovning „Chinor tagidagi duel“ filmi uchun maxsus yozilgan qoʻshiq. Filmda qoʻshiqni Rashid Malikov oʻynagan Nortoy obrazi ijro etsa-da, aslida ashulani Kozim Qayumov kuylagan.
Qoʻshiq oʻzbeklar orasida keng miqyosda ommalashgan boʻlib, bir necha sanʼatkor, jumladan, „Farhod va Shirin“ guruhi, Nilufar Usmonova, Samandar Hamroqulov, Shuhrat Daryo va boshqalar uning kaverini yozgan.
„Eng gullagan yoshlik chogʻimda“ oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning XX asr oʻzbek lirikasining eng sara namoyandalaridan biri hisoblanuvchi shu nomli sheʼriga bastalangan. Qoʻshiq kuyini rus kompozitori Yevgeniy Shiryayev bastalagan.
Matni
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org