Enes Mahmutovic




Enes Mahmutovic (1997-yil, 22-mayda tugʻilgan) — Lyuksemburglik professional futbolchi, Sofiyaning CSKA klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



2014-yilning yozida Mahmutovic CS Fola Esch bilan birinchi professional shartnoma imzolagan.

2017-yilning 19-mayida u nomaʼlum to‘lov evaziga Championship klubi Middlesbroughga o‘tgani maʼlum bo‘ldi. Mahmutovic klub safidagi debyutini 2018-yilning 14-avgustida, EFL Kubogida Notts County klubiga qarshi o‘tkazdi va 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda boshi bilan gol urdi. Bu bilan u ingliz futbolida professional gol urgan tarixdagi birinchi Lyuksemburglik boʻldi.

2018-yilning 30-avgustida Mahmutovic 2-liga klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida qo‘shildi. Uning Yeovil Towndagi vaqti 2018-yil, 31-dekabrda qisqartirildi, Mahmutovic Middlesbroughga yanvardagi transfer oynasi ochilgandan so‘ng klubga qaytdi.

2019-yilning 1-iyulida Mahmutovic Gollandiyaning Eerste diviziyasidan MVV Maastrichtga qo‘shildi va mavsum davomida klub safida 16 marta maydonga tushdi.

Middlesbrough klubi Mahmutovicni 2020-yil, 28-iyun kuni klub tomonidan qo‘yib yuborilganini eʼlon qildi.

2022-yil, 31-mart kuni Mahmutovic Bolgariyaning SCKA Sofia klubi bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro faoliyati



Mahmutovic Yugoslaviyaning Peć shahrida tugʻilgan va yoshligida Lyuksemburgga koʻchib oʻtgan. U xalqaro oʻyinlarda Chernogoriya va Lyuksemburgga, shuningdek, tugʻilgan joyi Kosovo va Serbiyaga kirish huquqiga ega edi. U 2016-yilning 13-noyabrida Lyuksemburg terma jamoasi safidagi debyutini Gollandiya terma jamoasiga qarshi 1:3 hisobida magʻlubyat bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil, 12-noyabr holatiga ko'ra

Xalqaro



2022-yil, 28-mart holatiga ko'ra

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz