Endryu Prokos
Andrew Prokos (1971-yilda tugʻilgan) — amerikalik arxitektura va tasviriy sanʼat fotografi .
Yoshligi
Prokos Ikkinchi jahon urushidan keyin ular oilasi bilan birgalikda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib kelishgan. U yoshlik paytida Prokosning oilasi Floridaga koʻchib oʻtishgan va Florida universitetiga siyosatshunoslik fakultetinioʻqishga kirgan. U birinchi marta 20 yoshida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtganidan keyin suratga olishni boshlagan
Faoliyati
1990-yillarning oʻrtalariga kelib Prokos Italiya va Gretsiyada, shuningdek, deyarli butun Yevropa boʻylab sayohat qilgan. Prokos 2002-yil davomida arxitektorlar, mulk ishlab chiqaruvchilar, interyer dizaynerlari, reklama agentliklari va korporativ mijozlardan buyurtmalar qabul qilib, faqat fotografiya sohasi bilan shugʻullangan. Uning fotosuratlari ArchDaily, Casa Vogue, Communication Arts, DesignBoom Magazine, .Dezeen Magazine, Manhattan Magazine, Metropolis, New York City Oylik, PDN Edu, Lloyds Bank, Morgan Stanley, E&J Gallo, Abbott Labs, Ritz-Carlton Hotel Company va Evraz kabi koʻplab kompaniyalarning reklama kampaniyalari, jurnallar, gazetalar va veb-saytlarda nashr etilgan. Prokos Amerika ommaviy axborot vositalari fotograflari jamiyatining Nyu-York boʻlimi aʼzosi hisoblanadi.
2012 va 2013-yillarda Prokos Braziliyaga sayohat qilishi davomida bir nechta mukofotga sazovor boʻlgan fotosuratlar seriyasini, shu jumladan Niemeyerning „Brazilia“ asarini yaratgan. Seriya 2013-yil noyabr oyida Braziliya poytaxtining bosh gazetasi Correio Brazilienseda toʻliq sahifali maqolada chop etilgan Niemeyerning Brasilia fotosuratlari butun dunyo boʻylab eʼtirofga sazovor boʻlgan va Qoʻshma Shtatlar, Braziliya, Meksika, Chili, Gretsiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Xitoy, va Malayziya kabi oʻn ikki mamlakatda deyarli yettita tilda nashr etilgan.
2014-yil iyul oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi, Afina va Kathimerini gazetasi tomonidan tayyorlangan "Gʻarbga ketgan yunonlar" nomli hujjatli filmning asosiy 23 ta taniqli yunon-amerikalik qahramonlaridan biri Prokos boʻlgan. Ushbu video Prokosning Nyu-Yorkdagi Banco do Brasil koʻrgazmasi asosida suratga olingan.
2019-yilda Prokos Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan madaniy delegatsiyada ishtirok etgan. Bu delegatsiyaning tarkibiga Nyu-York shahridagi Guggenxaym muzeyi va Los-Anjelesdagi A+D muzeyining taniqli fotorassomlari va kuratorlari kirgan edi.
2020-yilda Prokos yangi eksperimental va abstrakt sanʼat fotografiyasi ustida ish boshlaydi. Prokosning juda yuqori aniqlikdagi oʻrta formatli kamera bilan olingan fotosuratlari 2022-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida Endryu Prokos: Yangi Abstraksiya nomli yirik shaxsiy koʻrgazmasiga qoʻyilgan.
Mukofotlari
Prokos "Katta shaharning abstraktiv suratlari " nomli tasviriy sanʼat seriyasi uchun American Photography 37 (2021)da va " Inverted " seriyasi uchun Nyu-Yorkdagi 2021-yilgi Xalqaro Fotografiya mukofotlari marosimida kumush medalga sazovor bo‘lgan. Xuddi shu seriyalar 2020 va 2021-yillarda esa Prix de la Photographie, Parijda (Px3) tanlovlarda faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Uning dunyoning turli joylarida kun va tunning almashish vaqtini turli ekspozitsiyalarda foydalanib yaratilgan „Night & Day“ toʻplami American Photography 31 uchun munosib deb tanlangan va 2015-yilda ikki marta birinchi oʻrinni olgan. Shuningdek Prokos Prix de la Photographie Peopleʼs Choice mukofotlari bilan ham taqdirlangan.
„Night & Day“ toʻplami 2014-yil Neytral zichlikdagi fotosuratlar mukofotlarida kumush medal bilan va 2014-yilgi Xalqaro fotosuratlar mukofotlarida esa (Lyusi) ikkita Faxriy mukofot bilan taqdirlangan.
Prokosning Braziliya poytaxtining tungi tasviri aks etgan fotosuratlari joy olgan "Niemeyer Braziliyasi " nomli toʻpami 2014-yilda hakamlar hay’ati tomonidan Lotin Amerikasidagi Fotografia 3 to‘plami uchun tanlab olingan va 2013-yilda Xalqaro fotograflar tanlovida (Lucie Awards) kumush medali bilan taqdirlangan. Prokosning shahar manzaralari va landshaftlarini panoramali suratga olgan tasvirlari Epson International Pano tanlovlarida koʻplab medallar bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org