Endryu Jonson
Andrew Johnson (talaffuzi: Endryu Jonson; 29-dekabr 1808-yil — 31-iyul 1875-yil) — 1865-yildan 1869-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlari 17-prezidenti boʻlgan. U Abraham Lincoln oʻldirilgangan paytda vitse-prezident boʻlganligi ortidan prezidentlik lavozimini egallagan. Johnson Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlib, fuqarolar urushi nihoyalangandan soʻng, prezidentlik lavozimiga kelgan. U sobiq qullar muhofazasi kafolatisiz Birlikdan ajralib chiqqan shtatlarni qisqa muddatda tiklashni qoʻllab-quvvatlagan. Bu Respublikachilar koʻpchilikni tashkil qilgan Kongress bilan ziddiyatga olib keldi va 1868-yili Vakillar palatasi tomonidan unga impichment berilishi bilan nihoyalandi. Senatda unga oqlab faqat bir ovoz berildi.
Dastlabki hayoti
Johnson Shimoliy Karolina shtatining Raleigh sharida 1808-yilda dunyoga kelgan. Uning oilasi oʻta qashshoq boʻlib, u biror marta maktabga bormagan. U Selby ismli tikuvchiga tikuvchilikni oʻrganish maqsadida shogirdlikka tushgan va yozma shartnoma asosida unga xizmatkorlik qilgan. Shartnomaga koʻra, u 21 yoshiga qadar Selby qoʻlida ishlashi zarur boʻlgan, biroq Johnson uning qoʻlida ortiq ishlashni xohlamaydi va akasi bilan qochib ketadi. U Tennessee shtatining Greeneville shahrida oʻz biznesini boshladi va shu shaharda Eliza McCardle bilan uchrashib, keyinchalik u bilan turmush qurishdi. McCardle silga chalingan boʻlgan. U Johnsonga bexato oʻqishni oʻrgatib, taʼlim olishida koʻmak berdi, keyinchalik bu Johnsonning siyosatga kirishiga xizmat qildi. U 1834-yili 25 yoshida Greeneville mayori lavozimini egalladi. 1843-yilda Washingtonda Vakillar palatasiga saylandi. 1853-yilda Tennessee shtati gubernatori lavozimiga saylandi. Bu lavozimda ikki yil muddat xizmat qilgandan soʻng, senator etib saylandi hamda Washingtonga qaytdi. Johnson bu paytda kelib, boy boʻldi va oʻzi ham bir nechta qullarga egalik qildi.
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org