Endrik Felipe




Endrick Felipe Moreira de Sousa (talaffuzi: Endrick Felipe Moreyra de Souza) yoki oddiygina Endrick (talaffuzi: Endrik) — braziliyalik futbolchi, „Palmeyras“ klubi hujumchisi. Barcha davrlarning eng iqtidorli braziliyalik futbolchilaridan biri.

Dastlabki yillar



Endrick 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Otasi o‘g‘lining gollarini YouTubeʼga joylashtirgan va Braziliya akademiyasidan taklif olishiga umid qilgan. Endrick oilasiga yordam berish uchun futbolchi boʻlishni juda xohlardi, chunki otasi ishsiz edi.

Klubdagi karyerasi



Endrick 11 yoshida Palmeyras akademiyasiga qoʻshildi. Klubning yoshlar jamoasida 5 yil davomida u 169 ta oʻyin oʻtkazib, 165 ta gol urgan. 2022-yilda u San-Paulu yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnir davomida Endrick 7 uchrashuvda 7 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Turnirdan keyin Endrick Yevropa futboli gigantlari eʼtiboriga tushadi.

2022-yilning 21-iyulida Endrick 16 yoshga to‘lganida rasman Palmeyras bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi. 2022-yil 30-iyulda Endrick Libertadores kubogi uchun roʻyxatdan oʻtgan. 6-avgust kuni Endrick yengil jarohatidan forigʻ boʻlib, klub tomonidan futbolchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng „Palmeyras“ning asosiy jamoasida mashgʻulotlarni boshladi.


Oʻyin uslubi



Yaxshi zarbaga ega chapaqay hujumchi Endrickni braziliyalik afsonaviy hujumchilar Ronaldo va Romario bilan solishtirishadi. Uning oʻyin uslubini tasvirlab berishini soʻrashganda, u shunday degan: "Men har doim kurashaman. Men qatʼiyatliman va maydonda oʻyinning soʻnggi daqiqalarigacha harakat qilaman. Men hech qachon taslim boʻlmayman, himoyachilarga bosim oʻtkazaman, maydondagi istalgan oʻyinchilarning har biridanda koʻproq yuguraman. Uning kumiri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz