Endre Szemerédi




Endre Szemerédi (talaffuzi: Endre Semeredi) (1940-yil 21-avgustda tugʻilgan) — vengriyalik-amerikalik matematik va informatik. Szemerédi kombinatorika hamda nazariy informatika sohalarida faoliyat yuritib keladi. 2012-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Szemerédi Budapestdagi Eötvös Loránd universitetida tahsil olgan. Moskva davlat universitetidan PhD darajasini olgan. 1986-yildan beri Rutgers universitetida ishlab keladi. Shuningdek, olim Stanford (1974), McGill (1980), Janubiy Carolina (1981–1983) hamda Chicago (1985–1986) universitetlarida chaqirilgan professor oʻlaroq ishlagan.

Szemerédi kombinatorika hamda informatika sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Xususan, olimning nomi Szemerédi teoremasi, Szemerédi muntazamlik lemmasi, Hajnal–Szemerédi teoremasi hamda Szemerédi–Trotter teoremasi kabi tushunchalar bilan bogʻliqdir. Szemerédi metamatika, nazariy informatika hamda arifmetik kombinatorika sohalariga ouda mavzularda 200 dan oshiq ilmiy maqola yozgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz