Endora




Andorra (kataloncha:Andorra, ispancha:Andorra, fransuzcha:Andorre), Andorra knyazligi — Yevropaning janubi-g‘arbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oralig‘ida joylashgan. Maydoni 465 km2, aholisi 112348 kishi (2023). Poytaxti — Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili — katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 jamoaga bo‘lingan. Dindorlar — katoliklar.
Andorra Yevropadagi eng kichik davlatlardan bo‘lib,kapitalizm rivojlangan.Aholisi ham o‘ziga yarasha rivojlangan davlat.

Davlat tuzumi



Andorra — mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar — Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — Bosh kengash — 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi — Ijroiya ken-gash (hukumat).

Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari xam yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi.

Geografiyasi



Andorra Pireneyning janubiy yon bagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000-2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor.


Xoʻjaligi



Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari — qoʻychilik va dehqonchilik. Arpa, jav-dar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Chet el turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha



Maktab taʼlimi — fransuz yoki ispancha tizimda. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) — katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Muomalada — fransuz franki va ispan peseti.

Iqtisodiyot



YIMning 80 %i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi.
Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 %i qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 %i band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega.

Gerblar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz