Ender Arslan (basketbolchi)




Ender Arslan (1983-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional basketbol murabbiyi va posbon pozitsiyasida oʻynagan sobiq basketbolchilaridan biri hisoblanadi. Ender Arslan hozirgi kunda Basketbol Super Liga (BSL)ning „Chagdosh Bodrumspor“ klubi bosh murabbiyi boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

Professional martabasi



Ender Arslan shu paytgacha Ispaniya ACB Ligasida TAU Ceramica, Gretsiya Basketbol Ligasida Panionios, Sloveniya Basketbol Ligasida Union Olimpiya va Turkiya Basketbol Superligasida Efes Pilsen jamoasi bilan ham oʻynagan. Bu oʻyinlardan soʻng albatta oʻziga boʻlgan ishonchi yanada ortgan.

2011-yil 21-iyunda u Galatasaray Liv Hospital terma jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ender Arslan 2015-yilning iyun oyida „Galatasaroy“ bilan xayrlashgan. 2015-yil 7-iyulda u Darushshafaka bilan shartnoma imzolagan. Ender Arslan 2017-yil iyul oyida Turk Telekom terma jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2019-yil 7-avgust kuni Ender Arslan Turkiya Basketbol Superligasining (BSL) „Bursaspor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Ender Arslan 2020-yilning 11-iyulida jamoa bilan shartnomani uzaytiradi.

2021-yil 24-aprelda Ender Arslan „Bursaspor“ terma jamoasi bilan soʻnggi oʻyinini oʻtkazib, professional basketbolni tark etgan.

Terma jamoadagi faoliyati



Arslan Turkiya milliy basketbol jamoasining doimiy aʼzosi edi.

Murabbiylik karyerasi



Nafaqaga chiqqanidan soʻng, Ender Arslan murabbiylik faoliyatini Turkiya Basketbol Super Ligia (BSL) Bacheshehir Kolleji uchun yordamchi murabbiy boʻlishdan boshlagan.

2023-yilning 5-fevralida Ender Arslan Turkiya Basketbol Birinchi Ligasi (TBL) „Chagdosh Bodrumspor“ bilan shartnoma imzolaydi hamda u ushbu jamoani bosh murabbiyi boʻlgan.

Manbalar




Tashqi havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz