Enda Stevens




Enda John Stevens (talaffuzi: Enda Jon Stivens) (1990-yil 9-iyulda tugʻilgan) — irlandiyalik professional futbolchi. Enda Stevens EFL chempionati vakili „Sheffield United“ futbol klubi va Irlandiya Respublikasi milliy futbol terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Enda Stevens Irlandiyaning Dublin okrugi, Dublin shahrida tugʻilgan. Enda Stevens professional futbol oʻynashdan oldin „St James Gaels“ jamoasi uchun Gal futboli oʻynagan.


Klublardagi oʻyin faoliyati



Enda Stevens yoshligida „Cherry Orchard“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. Keyinchalik, Enda Stevens „UCD“ futbol klubi bilan professional shartnoma tuzdi. 2009-yilgi mavsum oxirida Enda Stevens „UCD“ futbol klubini tark etdi. Shundan soʻng, Enda Stevens „Nottingham Forest“, „Hull City“, „Stockport County“ va „Yeovil Town“ futbol klublarida sinovdan oʻtdi. KJeyin Enda Stevens „St Patrick's Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Enda Stevens klub safidagi ilk professional oʻyinini 2009-yil mart oyida „Cork City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobida g‘alaba) oʻtkazdi.

Shamrock Rovers



Enda Stevens 2009-yil dekabr oyida „Shamrock Rovers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Enda Stevens klub safidagi ilk oʻyinini 2010-yil 21-martda Tallaght stadionida „Dundalk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

2011-yilda Enda Stevens „Shamrock Rovers“ futbol klubi bilan Irlandiya Setanta kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Enda Stevens klub safida 2011-yilda yana liga chempionligini qo‘lga kiritdi.

2011-yilda Enda Stevens PFA yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi mukofotini qoʻlga kiritib, unutilmas yilni yakunladi.

Aston Villa



2011-yilning 31-avgustida "Aston Villa" futbol klubi menejeri Alex McLeish Enda Stevens bilan 2012-yil yanvaridan kuchga kirgan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. „Aston Villa“ futbol klubi maʼmuriyati 2012-yil 3-yanvarda Enda Stevens bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi.


Notts County (ijara)

Keyinchalik, Enda Stevens „Notts County“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Enda Stevens 2013-yilning 27-avgustida "Liverpool" futbol klubiga qarshi Liga kubogi bahsida yangi klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Enda Stevens „Notts County“ futbol klubi safida barcha musobaqalarda toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, bir oylik ijaradan soʻng „Aston Villa“ futbol klubi safiga qaytdi.

Enda Stevens 2013-yil 28-noyabrda „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi. Keyin Enda Stevens 2014-yil 10-oktabrda „Northampton Town“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi.

Portsmouth



2015-yilning 15-iyunida Enda Stevens „Portsmouth“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. „Portsmouth“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Enda Stevens 53 ta oʻyinda maydonga tushdi.

Sheffield United



Enda Stevens 2017-yil may oyida „Sheffield United“ futbol klubi safiga qo‘shilgan edi. 2019-yil 28-aprelda Enda Stevens „Sheffield United“ futbol klubi bilan Angliya Premyer-ligasiga koʻtarildi. 2020-yilning mart oyida Enda Stevens klub bilan shartnoma muddatini uzaytirdi. Unga koʻra, Enda Stevens „Sheffield United“ futbol klubi safida 2023-yilgacha qoladigan boʻldi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz