Encanto (film)
Encanto (talaffuzi: Enkanto) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan, Walt Disney Animation Studios mahsuloti boʻlgan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan musiqiy va fentezi janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. Walt Disney Animation Studios studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 60-toʻliq hajmli animatsion filmdir. Film rejissorlari Jared Bush va Byron Howard, produserlari Yvett Merino va Clark Spencer, ssenariyni esa Charise Castro Smith va Jared Bush yozishgan. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Stephanie Beatriz, María Cecilia Botero, John Leguizamo, Mauro Castillo, Jessica Darrow, Angie Cepeda, Carolina Gaitán, Diane Guerrero va Wilmer Valderrama kiradi.
Filmning premyerasi Los-Anjelesdagi El Capitan kinoteatrida 2021-yilning 3-noyabrida boʻlib oʻtdi, shu yilning 24-noyabridan esa AQShda kinoteatrlarda namoyish etildi. Kartina kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilandi va umumjahon boʻylab $155.8 million jamgʻardi.
Mazmuni
Hech kimga oʻxshamaydigan Madrigallar oilasi Kolumbiya togʻlarida yashiringan Encanto deb nomlangan ajoyib va maftunkor burchakda joylashgan sehrli uyda yashaydi. Madrigallar oilasidagi har bir bola bu yerning sehridan oʻziga xos sovgʻa — oʻta kuchlilikdan tortib har qanday kasallikni davolash qobiliyatiga ega boʻlgan. Afsuski, sehrli qobiliyat birgina 15 yoshli Mirabelni chetlab oʻtadi. Encantoning sehri xavf ostida ekanligini bilib, Mirabell oʻz oilasini saqlab qolish uchun oxirgi umid ekanini tushunib yetadi.
Ovoz berganlar
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org