Enaxon Siddiqova
Enaxon Siddiqova (1954-yil 28-avgust, Oltiariq tumani, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 2023-yil 13-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston xalq shoiri.
Tarjimayi holi
Enaxon Siddiqova 1954-yili Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan. 1976-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tamomlagan. 1976—1996-yillar davomida Oltiariq va Fargʻona tumanlari maktablarida o‘zbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, maktab direktori, 1996-yil Oʻzbekiston XDP Fargʻona tumani ikkinchi kotibi, 1990—1997-yillar „Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“ gazetasi muxbiri, 1997—2001-yillar Fargʻona viloyati hokimligi xodimi, 2001—2023-yillari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari, „Qalb sadosi“ haftalik gazetasining bosh muharriri lavozimlarida ishlagan. 2013—2023-yillarda Enaxon Siddiqova Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2015—2023-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.
Vafoti
Enaxon Siddiqova 2023-yil 13-yanvarda 68 yoshida vafot etgan.
Ijodi
Enaxon Siddiqova ijodiy faoliyati 1977-yildan boshlagan. Siddiqova „Sumanbar nasim“, „Qorakoʻz turnalar“, „Koʻngilim ufqlari“, „Ishq ifori“, „Sirli tun faryozdi“, „Tibbiyot fidoyilari“, „Xaloskorlik“, „Qizoyimlarga kelinlik saboqlari“, „Eʼzozli ayollar“, „Soʻz ustidagi dunyo“, „Ona haqida qoʻshiq“, „Barxanlarda ungan gul“ kabi kitoblar muallifidir.
Mukofotlari
Enaxon Siddiqova „Eng ulugʻ, eng aziz“ tanlovining respublika bosqichida gʻoliblikka erishgan. 2004-yil „Doʻstlik“, 2009-yil „El-yurt hurmati“ ordeni, 2016-yil „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“ unvoni, 2018-yilda Farg‘ona davlat universitetining faxriy professori unvoni bilan mukofotlangan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
uz.wikipedia.org