EMU



EMU, emular — yuguruvchi qushlar turkumiga mansub oila. Hozirgacha saqlanib qolgan bir turi — Emu Avstraliyaning cho’l va dashtlaridagi butazorlarda yashaydi; Tasmaniya orolida o’tgan asrda qirilib ketgan. Bo’yi 170 santimetrgacha, og’irligi 55 kilogrammgacha. Qo’ng’irkulrang tusda. Monogam. Uyasini nari barg, o’t, shoxshabbalardan yasaydi. 8-10 ta tuxum qo’yadi. Tuxumining kattaligi 13×9 santimetr. Nari 8 haftaga yaqin tuxum bosadi. 2 yilda voyaga yetadi. Meva, urug’ va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz