Emre Tetikel
Emre Tetikel (1985-yil 2-avgustda tugʻilgan) – turk kinosi, televideniye va teatr aktyori, oʻqituvchi va yozuvchi sifatida ham faoliyat yuritgan. Tetikel Turkiyada Ayakta Kal filmidagi Berk va Karagül serialidagi Şahin rollari bilan tanilgan.
Yoshligi
Emre Tetikel 1985-yilda Tekirdağda tugʻilgan va yoshlik davri shu yerda oʻtgan. Namik Kemal nomidagi oʻrta maktabda tahsil olgan. Emre Tetikel oʻrta maktabda va litseyda oʻqib yurgan paytlardayoq aktyorlikka qiziqishi juda yuqori boʻlgan. Tekirdagʻ shahridagi teatr va havaskor teatr jamoalariga borib qoʻshilgan.
Faoliyati
Tetikel universitetda oʻqish maqsadida, Tekirdağni tark etdi va Istanbulga koʻchib oʻtdi. Kaliforniyaning Nyuport universiteti ingliz tili va biznes boshqaruvi boʻyicha masofaviy taʼlimini oq’ib tamomladi. Tetikel 2008-yilda Selçuk Uluergüven bilan uchrashdi. Uluergüven va Aykut Oraylar bilan birga teatr taʼlimini olib, turli teatr oʻyinlarida birga qatnashib, professional boʻlishga intilishgan. Aktyorlik taʼlimini Bahariye sanʼat markazi, Nyu-Yorkdagi dramatik sanʼat konservatoriyasi, NY kino akademiyasi va Ekol dramasida davom ettirdi. Talabalik yillarida televidenie va internet reklamalarida chiqa boshladi. 2008-yilda u Dur Yolcu serialida Morfi Makmaxon obrazini oʻynagan. Keyinchalik birinchi marta teleserialda suratga tushgan.
Tetikel ilk marta Ayakta Kal filmida Berk obrazida suratga tushgan. 2009-yil 16-yanvarda suratga olingan, bir necha Tele reklama, kinofilm va seriallarda suratga tushdi. Keyinchalik u Karagül filmida oʻynagan Sahin obrazi bilan turk tomoshabinlarining eʼtiboriga va olqishiga sazovor boʻldi. Son Çıkış filmidada Engin obrazini oʻynagan.
Filmografiya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org