Emre Kiviljim




Kategori:Türkçe Vikipedi ve Vikiveride resmi olmayan maddeler
Emre Kiviljim (1990-yil 2-sentyabrda Malatayada tugʻilgan), turk aktyori .

Hayoti va faoliyati



1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan Emre Kiviljim oʻn yoshiga qadar oʻz shahri Malatyada yashab, keyin hayotini Istanbulda davom ettirdi. Emre Kiviljimning asl kasbi - kimyo muhandisi, mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Lekin aktyorlikka qiziqa boshlaganidan keyin muhandislik faoliyatini toʻxtatgan. Sadri Alishikmadaniyat markazida stipendiant sifatida bir muddat aktyorlik yo’nalishida tahsil oldi va 7-kanal ekranlarida namoyish etilgan “Zeytinyağlı Yiyemem Aman” nomli telefilm bilan ilk bor kamera qarshisiga chiqdi.

Emre Kiviljim " Elif " deb nomlangan serialda suratga tushgan va bu serialda Selim obrazini jonlantirgan. Serial xorijda, ayniqsa, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida tomoshabinlarning katta eʼtiboriga sabab boʻldi va bir nechta rekordlarni yangiladi. Ushbu serial ortidan xalqaro mashhurlikka erishgan Kiviljim Indoneziyadagi LC Waikiki brendining yuziga aylandi. Bu serialdan soʻng u 2018-yilda FOX TV telekanalida namoyish etilgan “Adı Zehra” serialida suratga tushdi.

2019-yilda rejissyor Xoqon Haksun boshchiligida suratga olingan “ Kim baxtliroq” filmida “Kamol” obrazini jonlantirgan.

2020-yilda Bozdag Film tomonidan suratga olingan " Turklar kelyapti: Adolat qilichi " filmida „Akinji Sungʻur“ obrazini gavdalantirdi.

2021-yilda u Bozdag Film tomonidan Metin Günay rejissyorligida suratga olingan tarixiy fantatika janridagi “ Mendirman Jaloliddin ” teleserialida Jaloliddin Xorazmshoh obrazini jonlantirgan. Ushbu serial Turkiya va Oʻzbekistonning oʻzaro hamkorligida suratga olingan.

Filmografiyasi



Film




Seriallar




Reality TV




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz