Emre Akbaba
Emre Ali Akbaba (talaffuzi: Emre Akbaba) (1992-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchiTurkiyaning Superligadagi „Galatasaroy“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Jamoalardagi faoliyati
Galatasaroy
2018\2019-yilgi mavsum
2018-yilning 18-avgust kuni Galatasaroy tomonidan berilgan bayonotda Emre Akbaba va uning klubi Alanyaspor bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, futbolchining sobiq klubiga 4 000 000 yevro transfer narxi toʻlangan. Futbolchining oʻzi bilan 2018\19-yilgi futbol mavsumidan boshlab 3 mavsum uchun kelishuvga erishilgan. Shunga koʻra, har bir futbol mavsumi uchun futbolchiga 1,750,000 yevro miqdorida aniq transfer toʻlovi toʻlanishi belgilangan.
2019\2020-yilgi mavsum
2019-yil 11-may kuni Superliganing 32-haftasida „Galatasaroy“ „Chaykur Rizespor“ mehmoni boʻlgan, oʻyinning ikkinchi yarmida Akbaba jarohat olgan.
61-daqiqada Rayan Donk oʻrniga maydonga tushgan Akbaba 67-daqiqada Brayan Samudioning qoʻplligidan keyin yiqilgan. Futbolchining oʻng oyogʻi singanligi sababli maydonni tark etgan.
2020\2021-yilgi mavsum
2020-yil 15-yanvarda Galatasaroy texnik direktori Fotih Terim 8 oydan keyin maydonga qaytgan Akbabani Chaykur Rizespor oʻyinida sardor sifatida maydonga olib chiqgan. Turk milliy futbolchisi oʻyinning 39-daqiqasida urgan goli bilan hisobni 1:1 koʻrinishiga olib kelgan.
2021\2022-yilgi mavsum
Shartnomasi 2021-yil 4-iyulda yakuniga yetgan Akbaba va Galatasaroy oʻrtasida yangi 2 yillik shartnoma imzolangan.
Alanyaspor (ijara)
2021-yilning 4-iyulida Galatasaroy Akbabaning 2021\22-yilgi mavsum oxirigacha „Alanyaspor“ bilan vaqtincha transferi boʻyicha kelishuvga erishilgani eʼlon qilingan.
Xalqaro faoliyati
Emre Montfermeyl shahrida turk millatiga mansub fransuz oilasida tugʻilgan. Emre Turkiya milliy futbol B jamoasi tarkibida Italiya U21 terma jamoasi ustidan 2:2 (3:5) hisobida gʻalaba qozongan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Xalqaro maydondagi gollar
Yutuqlar
Galatasaroy
Shaxsiy hayoti
Akbaba 2016-yil noyabr oyida Yasemin Injen bilan oila qurgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org