EMPIRIZM
EMPIRIZM (Yunoncha etreta — tajriba) — falsafiy oqim; hissiy tajribani bilishning birdanbir manbai deb hisoblaydi. Rasionalizmga qarama-qarshi turadi. Tajribani, hissiy bilishni mutlaqlashtirish, rasional bilish (tushunchalar, nazariyalar) ahamiyatini pasaytirish Empirizmga xos jihatlardir. Empirizm yaxlit gnoseologik kontsepsiya sifatida 17—18-asrlarda shakllandi (F.Bekon, T. Gobbs, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum); Empirizmning ayrim belgilarini pozitivizm, neopozitivizm (mantiqiy Empirizm)da ko’rish mumkin. 19-asrda Empirizmning asosiy vakili sifatida ingliz faydasufi E.S.Milltanildi. Hozirgi zamon fizikasi Empirizmning mantiqiy yo’nalishiga tayanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz