EMOTIVIZM
EMOTIVIZM (inglizcha — hissiyot tug’diruvchi) — mantiqiy pozitivizmning axloq nazariyasi; axloq haqidagi mulohaza va tushunchalarni chin ham, yolg’on ham deb bo’lmaydi, ularda ma’rifiy mazmun yo’q, ular ma’naviy hissiyotlarni ifoda etish va bunday hissiyotlar tug’dirish uchun xizmat qiladi, deb uqtiradi. Axloq tushunchalarining ob’ektiv ahamiyatini inkor etadi. Bu nazariya 20-asrning 20-30-yillarida paydo bo’lgan. Asosiy vakillari — A.Ayer (1910-89), R.Karnap (1891- 1970) va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz