Emotional Intelligence
«Emotional intelligence» (oʻzbekcha: Hissiy intellekt) — Emotional intellegence: Why It Can Matter More than IQ —Daniel Goleman ning 1995-yilda yozilgan asari.
Asar haqida
Asarda muallif hissiy intellekt aqliy salohiyat (IQ) kabi akademik, professional, ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatda muhim oʻrin tutishini taʼkidlaydi. Uning aytishicha, hissiy intellektni oʻrgatish va rivojlantirish mumkin, u shuningdek maktabda hissiy qobiliyatni oʻrgatish boʻyicha baʼzi metodlarni ham keltirib oʻtadi. Asar nashr qilingandan soʻng koʻplab AQSH maktablarida hissiy tarbiya darslari oʻtila boshlandi. Ammo bu dasturlar turlicha nomlanardi: Self Science — Oʻzlik haqida taʼlim, Social Development — Ijtimoiy rivojlanish, Life Skills — Hayot uchun zarur qobiliyatlar, Social and Emotional learning and Pesonal Intelligences — Ijtimoiy va hissiy taʼlim hamda shaxsiy intellekt kabi. Ularning barchasining maqsadi bir xil: oddiy taʼlim jarayonida oʻquvchining ijtimoiy va hissiy mukammalligini oʻstirishga qaratilgandi
Asar The New York Times Best Seller list da bir yarim yil turgan, dunyo boʻylab 40 tilda va 5 mln nusxada nashr tilingan. The Time jurnali asarni eng taʼsirli 25 ta kitob roʻyxatiga kiritgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org