Emo-kidlar




Emo kidlar (emo — emosional soʻzidan qisqartma, kids — bolalar) — emo janri va unga qardosh uslublar musiqasi muhlislari asosida yaralgan submadaniyatning va yoshlar modasining vakillari.

Emo stilining asosiy qirralari



Emo kidlarning imidji




Emolarning anʼanaviy soch turmagi deb bir koʻzni yopib turuvchi va uzunligi burungacha boʻlgan qiyishiq, yirtiq peshonagajak (chelka), orqa tarafida esa har tomonga qaragan qisqa sochlar hisoblanadi. Afzallik qattiq, toʻgʻri qora sochlarga beriladi. Qiz bolalarda bolalarcha, kulguli soch turmaklari boʻlishi mumkin — ikki kichikkina soch yigʻmasi, yon tarafga taqiladigan yurak shaklidagi yorqin soch qisqichlari, bantiklar.

Koʻp hollarda emo kidlar quloqlarini teshishadi yoki tonnelar qildirishadi. Bundan tashqari, emo kidning yuzida pirsing boʻlishi mumkin (masalan, lablarda, burunning chap boʻlagida, qoshlarda).

Qizlar ham, yigitlar ham lablarini teri ranglariga moslab boʻyashlari, och tonal krem ishlatishlari mumkin. Koʻzlar qalam yoki tush bilan qalin boʻyaladi, natijada ular och yuzda yorqin belgi boʻlib koʻrinadilar. Bunday pardoz asosan konsert yoki seyshenlarga borilganda qilinadi.

Internetda emo kidlarning niklari juda oʻtkirdir, misol uchun, x_broken_heart_x, xlonelyxstarx va hokazo. "x" harfining niklarga qoʻshilishi emo kidlarning veganizm bilan bir qatorda tarqalgan straight edge madaniyatiga qaram ekanliklarini bildiradi.

Kiyim-kechak



Emo kidlar pushti-qora tusdagi, ikki rangli bezakli kiyimlarni kiyishadi va uslublashgan nishonlarni taqishadi. Kiyinishdagi asosiy ranglar qora va pushti hisoblanadi, ammo boshqa yorqin-shokka tushiruvchi ranglarga ham mayl berilgan.

Keng chiziqli koʻrinishlar ham uchraydi. Koʻp hollarda kiyimda emo guruhlarning nomlari, kulguli rasmlar yoki singan yuraklar tasvirlanadi. Skeytbordchi va BMX-chilar kiyimlarining sport uslubidagi qirralari ham uchraydi.

Emo kidlar uchun xos boʻlgan oyoq kiyim bu — kedalar (converse yoki skeyterlarning kedalari), shuningdek, fliplar, sliplar, Vanslar.

Eng tipik kiyim-kechak:

Qizlarda odatda qora rangdagi uzun koʻylaklar uchraydi. Bantikli obodokchalar mavjud boʻladi. Qoʻllarda yoʻl-yoʻl chiziqli getralar. Uniseks kiyimi kamroq uchraydi.

Atributika



Emo kidlar uchun quyidagi atributlar harakterli:

Timsollar





Oʻziga xos harakatlar




Dunyoqarash




Ommaviylashish muammosi



Hozirgi zamonda bu madaniyatning keng ommaviylashuvi sababli koʻplar uning haqiqiy maʼnosini unutmoqdalar va diqqatni faqat tashqi koʻrinishga qaratmoqdalar. Buning natijasida, emoning vakillari orasida boʻlinish yuz berdi: haqiqiy emolar oʻzlarini "true" deb nomlaydilar (inglizcha: true — haqiqat, haqiqiy), musiqaning oʻrniga moda va ommaviylikka berilganlarni esa "pozerlar" deb ataydilar (inglizcha: poseur — pozer, koʻchirmachi). "Koʻchirmachilar" va submadaniyatning asl vakillari orasidagi ziddiyat "antiemo" nomli holatga aylandi. Ular oʻz navbatida "pozerlarni" taʼqib qilib, emo kidlar tashqi koʻrinishining xos qirrasi — peshonagajakini (chelka) qirqib tashlaydilar.


Emo lugʻat




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz