Emoji
Emoji (yaponcha soʻzdan olingan boʻlib, yaponcha: 絵 — „rasm“ va 文字 - „belgi“; talaffuzi: [emoʥi]) elektron xabarlar va veb-sahifalarda qoʻllanilish uchun ishlatiladigan piktogrammalardan iborat ideogrammalar tilidir. Soʻzlar oʻrniga rasmlar kombinatsiyasi foydalanish (ideogramma-grafik dizayn tili), eng avvalo, Yaponiyada paydo boʻldi va sekin-asta butun dunyoga tarqala boshladi.
Dastlab, emojilar ASCII smayliklari kabi bir xil funksiyada ishlatilgani uchun piktogramma tiliga oʻxshatildi. Ammo bu belgilar yaʼni emojilar qoʻllanilishi bilan yanada keng qamrovli xususiyatga ega boʻldi: piktogrammalar kompyuter hamda mobil qurilmalarda mavjud boʻlgan klaviaturada standartlashtirildi. Baʼzi emoji belgilari yapon madaniyatida oʻziga xos maʼnoga ega: masalan, taʼzim qilgan biznesmen, yoriten, oq gul — „uy vazifasi yaxshi tayyorlanganini“, yoki mashxur taomlar uchun maxsus belgilar: ramen, dango, onigiri va sushi emojilari ishlatilar edi.
Emojilardan farqli oʻlaroq, smayliklar tipografik vositalar yordamida hissiyotlarni tasvirlash vositasi sifatida smaylik foydalanuvchilar tomonidan yaratildi. Biroq, baʼzida yuz tasvirini ifodalovchi emojilari smayliklar deb ham atala boshlandi.
Tarixi
Birinchi emojilar 1998-1999-yillarda Shigetaka Kurita NTT DoCoMo kompaniyasi i-mode mobil internet platforma tarmoqlarida ishga tushirilgan. 172 ta 12×12 pikselli emoji belgilarning birinchi toʻplami elektron aloqani osonlashtirish uchun i-mode xabar almashish funksiyalarining bir qismi sifatida ishlab chiqilgan. Bu yangilanish i-mode platformasini boshqa platformalardan ajratib turadigan xususiyatiga aylandi.
Biroq, 1997-yilda Nikolas Laufrani mobil texnologiyalarda ASCII smayliklarining tobora ommalashib borayotganini payqab, raqamli aloqada yanada interfaol foydalanish hamda ularni takomillashtirish uchun oddiy tinish belgilaridan foydalangan holda dastlab mavjud boʻlgan ASCII-smayliklarga mos keladigan rangli piktogramma yaratish uchun jonlantirilgan emojilarni sinab koʻrishni boshladi. Laufrani birinchi grafik emojilari : „Klassik uslubdagi“, „Hissiyotlar“, „Bayroqlar“, „Bayramlar“, „Oʻyin-kulgi“, „Sport“, „Ob-havo“, „Hayvonlar“, „Oziq-ovqatlar“, „Millatlar“, „Kasblar“, „Sayyoralar“, „Burchlar“, „Chaqaloqlar“ kabi alohida toifalarga boʻlib onlayn lugʻatini shakllantirdi. Bu tasvirlar birinchi marta 1997-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlar Mualliflik huquqi idorasida roʻyxatga olingan va 1998-yilda Internetda.gif fayllari sifatida joylashtirildi. Va ilk bor bu hodisa tarixda texnologiyada qoʻllaniladigan birinchi grafik emojilari boʻlgan. 2000-yilda Laufranining „Smayliklar katalogi“ — 1000 dan ortiq grafikli smayliklar va ularning ASCII versiyalarini toʻplagan smileydictionary.com orqali foydalanuvchilar oʻz mobil telefonlariga yuklab olishlari uchun Internetda sahifalarida nashr qilindi. Xuddi shu katalog keyinchalik 2002-yilda Marabout tomonidan „Dico Smileys“ nomi ostida nashr etilgan kitobda chop etilgan.
2001-yilda Smiley turli telekommunikatsiya kompaniyalari, jumladan Nokia, Motorola, Samsung, SFR (vodaphone) va Sky Telemedia kompaniyalariga mobil telefonlarga emojilarni yuklab olishda Laufranining grafikli emojilaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalani qoʻlga kiritishdi.
2014-yildan boshlab har yili 17-iyul — „Jahon emoji kuni“ sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Texnik yordam
Yaponiyaning eng yaxshi uchta opperatsion platformasi (NTT docomo, SoftBank Mobile va au) emoji klaviaturasining turli xil variantlarini taqdim etgan.
Emojilar dastlab faqat Yaponiyada mavjud boʻlsa-da, baʼzi emoji toʻplamlari Unicode ga kiritilinib, boshqa mamlakatlarda ham ishlatilina boshlagan. Natijada, baʼzi Windows Phone telefonlari va Apple kompaniyasining iPhone seriyalari emojilardan foydlanishga ruxsat berilgan. Gmail pochta xizmatida esa 2009-yil aprel oyidan beri emojilar ishlatilinib kelinmoqda. Bundan tashqari, keyinchalik Apple kompyuterlari uchun operatsion tizim boʻlgan Mac OS X Mac OS X 10.7 dan boshlab Apple Color Emoji shrifti emojilarni oʻz klaviaturasiga ham qoʻshdi. Hozirda WhatsApp, Telegram, Hangouts, Discord, Skype va VKontakte kabi koʻplab mashhur tezkor xabar almashish ilovalarida ham emojilar toʻplamidan foydlanishga ruxsat berilgan.
Android operatsion tizim versiyasiga qarab smayliklardan turlicha foydalaniladi. Google 2013-yil noyabr oyida Android 4.4 dan boshlab Androidning barcha versiyalarida Google klaviaturasiga mahalliy emojilar toʻplamlarini qoʻshdi. Hozirda, android mobil operatsion tizimlari uchun baʼzi uchinchi tomon xabar almashish ilovalarida emojilardan foydalanish imkonini beruvchi plaginlar ham mavjud.
Windows tizimlarida smayliklardan Segoe UI Emoji shriftida bemalol qoʻllanish mumkin. Windows 8.1 dan boshlab rangli smayliklardan ham foydalanish mumkin.
Symbola kabi emojilarni toʻliq foydalanish uchun hozirda bepul shriftlar ham mavjud.
Emojilarni turli qurilmalarda turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin. Bu, odatda, foydalanuvchilar uchun koʻplab noqulayliklar tugʻdirishi mumkin.
Windows 2000, Windows XP, Windows Vista va Windows 7 kabi operatsion tizimlarda baʼzi emojilar tasviri toʻliq toʻgʻri koʻrsatilmaydi — ular oʻrnida faqat kichik kvadrat shakllar boʻladi.
Havolalar
Foydalanilgan adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org