Emmy
Emmy Award yoki shunchaki „
Emmy “ — televizion sohadagi ustunlikni tan olgan Amerika mukofoti. U har yili televizion sanoatining turli sohalaridagi insonlarga taqdim etiladi.Uning Ommaviy axborot vositalarida eng koʻp yoritilgan ikki marosimi — Primetime Emmy Awards va Daytime Emmy Awardsdir.
Emmy haykalchasida atom ushlagan qanotli ayol tasvirlangan. Emmy Amerikaning toʻrtta asosiy mukofotlaridan biri hisoblanadi, yaʼni „ Grammy“ (musiqa uchun), „ Oscar“ (film uchun), Tony (teatr uchun) va Emmy (televideniya uchun).
Havolalar
uz.wikipedia.org