Emmanuel Boateng




Emmanuel Agyenim „Ema“ Boateng (talaffuzi: Emmanuel Agyenim Boateng) 1994-yil 17-yanvarda Gana poytaxti Akkrada tugʻilgan. Ganalik futbolchi „New England Revolution“ klubining vingeri.

Jamoalardagi faoliyati



Boateng Santa-Barbaradagi Kaliforniya universiteti jamoasida oʻynagan. Oilasi AQShga koʻchib oʻtgandan keyin u oʻsha yerda oʻqishini davom ettirgan.

2013-yilda „Ventura County Fusion“ jamoasi uchun toʻrtinchi divizionda oʻynadi.

Oʻsha yilning yozida Boateng Shvetsiyaning „Xelsingborg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 5-avgust kuni „Djurgården“ga qarshi oʻyinda u „Allsvenskan“da debyut qildi. 2015-yilning 30-aprelida „Sundsvall“ga qarshi kechgan bahsda Emmanuel „Helsingborg“ safida ilk golini urdi.

2016-yil boshida Boateng AQShga qaytib, „Los Angeles Galaxy“ safiga qoʻshildi. 12-mart kuni u MLSdagi debyutini „Colorado Rapids“ga qarshi oʻtkazdi. 23-aprel kuni „Real Salt Lake“ ga qarshi bahsda Emmanuel „Los Angeles Galaxy“ safida oʻzining birinchi golini urdi va ikkita golli uzatma berdi, buning uchun u MLSda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2018-yilgi mavsum oxirida Boatengning „Los Angeles Galaxy“ bilan shartnomasi tugadi. Ammo 2019-yilning 14-yanvarida klub futbolchi bilan qayta shartnoma imzoladi.

2019-yil 7-avgustda Boateng „DC United“ga 250 000 dollarga sotildi. U „Washington“ klubidagi debyutini 17-avgust kuni „Vancouver Whitecaps“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

2020-yilning 14-avgustida Boateng „Columbus Crew“ safiga qoʻshildi. U „Crew“ uchun debyutini 20-avgust kuni „Chicago Fair“ga qarshi oʻtkazdi. 2020-yilgi mavsum oxirida „Columbus Crew“ Boateng bilan shartnomani uzaytirmadi.

2021-yilning 7-yanvarida Boateng „New England Revolution“ga bepul transfer orqali qo‘shildi. „New England Revolution“ uchun u 7 iyul kuni „Toronto“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi . 21-avgust kuni „Cincinnati“ga qarshi oʻyinda u „New England Revolution“ uchun birinchi golini urdi va golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz