Emma Nordin
Emma Elizabet Nordin (talaffuzi: Emma Nordin; 1991-yil 22 martda tugʻilgan) — shved xokkey hujumchisi va Shvetsiya milliy xokkey jamoasi aʼzosi, hozirda Shvetsiya ayollar xokkey ligasida (SDHL) Luleå HF/MSSK jamoasida oʻynaydi. Koʻpincha ayollar xokkeyidagi eng yaxshi faol shved oʻyinchilaridan biri sifatida tilga olinadi, ikki marta Shvetsiyada yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan, besh karra SDHL chempioni, SDHL tarixida ikkinchi eng koʻp gol urgan va 200 dan ortiq terma jamoa oʻyinlarida ishtirok etgan.
Faoliyati
Örnsköldsvikda tugʻilgan Emma 2004-yilda, 13 yoshida oʻz shahrining Modo Xokkey klubida oʻynay boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsum oldidan Mododa sardor yordamchisi etib tayinlandi. Oʻsha mavsumda oʻzining birinchi Riksserien chempionligini yutdi.
2015-yilda Modoni tark etib, Luleå HF/MSSK ga qoʻshildi. Luleå bilan birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda 62 ochko toʻplagan holda faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Fevral oyida Shvetsiya terma jamoasi safida boʻlganida jarohat olganidan soʻng, mavsumning soʻnggi beshta oʻyinini hamda pley-offni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.
2018—2019-yilda faoliyatidagi eng yaxshi 31 ta golga tenglashdi va jami 59 ochko toʻpladi va gollar soni boʻyicha ligada peshqadamlik qildi. Ochkolar boʻyicha barcha shved oʻyinchilari orasida birinchi oʻrinni egalladi. SDHLning eng yaxshi hujumchisi va Shvetsiyaning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Luleå unvonni qoʻlga kiritdi, bu uning toʻrtinchi chempionlik gʻalabasi.
U 2019—2020-yilgi mavsumda belidagi jarohatlari tufayli 13 ta oʻyinni oʻtkazib yubordi, ammo Shvetsiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum bekor qilinishidan oldin Luleå pley-off finaliga chiqqannigacha 35 ochko qoʻshib oldi.
Xalqaro faoliyati
Nordin 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya ayollar milliy xokkey jamoasida oʻynagan. U barcha beshta oʻyinda qatnashib, bitta golli uzatmani qayd etdi. 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 6 ta oʻyinda 3 ochko, 2018-yilgi Qishki Olimpiadada esa 6 ta oʻyinda 4 ochko toʻplagan.
Nordin Shvetsiya terma jamoasi safida oltita IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Uning birinchi oʻyini 2008-yilda boʻlgan.
Shvetsiya xokkey federatsiyasidan ayollar terma jamoasi uchun sharoitlarni yaxshilashni jamoadoshlari bilan talab qilgan.
Yoshligidagi terma jamoa
Nordin Shvetsiyaning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy xokkey jamoasida 2008- va 2009-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2009-yilgi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Klublardagi statistikasi
Eslatma: Riksserien 2016-yilda oʻz nomini SDHL ga oʻzgartirdi. GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlikni anglatadi.
Xalqaro statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org