Emma Myers
Emma Myers (2002-yil 2-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U oʻz karerasini 2010-yilda The Glades filmida bola aktrisa sifatida boshlagan. U 2022-yil
Wednesday serialida Enid Sinclair rolini o‘ynab o‘zining muvaffaqiyatiga erishgan.
Yoshligi
Emma Myers 2002-yil 2-aprelda Florida shtatining Orlando shahrida tugʻilgan. U uy maktablari kooperativiga qatnagan ammo hech qachon anʼanaviy maktab tajribasiga ega boʻlmagan.
Faoliyati
Myers 2010-yilda The Glades teleserialida debyut qilib, bola aktrisa sifatida faoliyat yurita boshlaydi. U 16 yoshida professional aktyorlik faoliyatini boshlagan. Myers Southern Gospel (2020), A Tasty of Chrismas (2020) va Girl in the Basement (2021) filmlarida paydo boʻldi. U 2022-yil Wednesday serialida Wednesday Addams rolini oʻynagan hamkasbi Jenna Ortega bilan birga Enid Sinclair roli orqali muvaffaqiyatiga erishdi.
Shaxsiy hayoti
Myers K-pop, xususan Seventeen guruhi muxlisi. Uning 2022-yilda Teen Vogue jurnaliga bergan intervyusiga koʻra, Uzuklar hukmdori va Yulduzlar urushi fandomlari Emmaning dunyoqarashini shakllantirgan onlayn fandomning ikkita ustuni boʻlgan. U oʻzini introvert deb taʼriflaydi.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org