Emma Hamilton (actress)
Emma Hamilton (1984-yilda tug'ilgan)- avstraliyalik aktrisa. U hozirda RFDS (2021) filmida bosh rol ijro etmoqda. U, “ Nine Network ” dramatik trilleriva Hyde & Seek (2016) serialida bosh rolini ijro etgan. Showtime tarixiy dramasi “The Tudors” (2009–2010)da Anne Stenhope, ITV / PBS kanalida efirga uzatilgan " Mr. Selfridge " dramasida (2015) Rozi Dolli va ITV jinoyat trilleri " Qo'rqmas" (2017) filmidagi rollari bilan mashhur. Filmdagi rollari orasida Avstraliyaning " Last Cab to Darwin " (2015) dramasi uchun AACTA "Ikkinchi roldagi eng yaxshi aktrisa" nominatsiyasini olgan.
Ta'lim
Hamilton Qirollik dramatik san'at akademiyasida tahsil olgan.
Karyera
Hamilton aktyorlik faoliyatinj Showtimening mashhur tarixiy dramasi "The Tudors " serialida boshlagan. Serialning uchinchi va to'rtinchi fasllarda Anne Stenhope rolini o'ynagan. Uning 2015-yilda suratga olingan “ Last Cab to Darwin ” filmidagi roli uchun AACTA mukofotlarida “Eng yaxshi yordamchi ayol roli” nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. U " Mr. Selfridge ", " Hyde & Seek" va "Mary: The Making of a Princess" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Uning e'tiborga molik rollari orasiga Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan rejissor Terri Jorj tomonidan suratga olingan " Whole Lotta Sole " komediyasi va Bruce Willis va Henry Cavill bilan birga rol o'ynagan "The Cold Light of Day" jangovar trilleri kiradi.
2013-yilda Hamilton " Royal Shakespeare Company "ga ishga kirgan va Gregory Doranning birinchi spektakli "Richard II "da qirolicha Izabella rolini o'ynagan. Richard II RSC tarixidagi eng tez sotilgan asar sifatida rekordlarni yangiladi.
Hamilton BBCning " The Musketeers " filmida Porthosning qizil sochli o'gay singlisi Eleonor rolini o'ynagan. Keyin " Mary: The Making of a Princess" romantik komediyasida merosxo'r malika Mary Donaldson rolini o'ynagan. Hamilton bu rol uchun sochlarini qora rangga bo'yagan va ko'zlariga jigarrang kontaktli linzalarni taqib olgan. 2016-yilda u o'zining birinchi yirik televizion loyihasi Hyd & Seek " jinoyat trillerida Claire McKenzie rol o'ynagan.
Film
Televizion
Manbalar
uz.wikipedia.org