Emir Bajrami




Emir Bajrami (talaffuzi: Emir Bayrami; 1988-yil 7-mart kuni Yugoslaviyaning Prishtina shahrida tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Elfsborg“ futbol klubining chap qanot himoyachisi.

Xalqaro faoliyati



2003-yil dekabr oyida Bajrami birinchi marta Shvetsiyaning 15 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirildi. U 2006-yil 8-iyunda 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi birinchi oʻyinini AQShdagi tengdoshlariga qarshi oʻtkazdi. U 2007-yilgi (19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) Yevropa chempionati saralash turnirida 4 ta o‘yin o‘tkazdi: birinchi saralash bosqichida 1 ta o‘yin va ikkinchi saralash bosqichida 3 ta o‘yin oʻtkazgan.

2007-yilning oktyabr oyida Emir Bajrami ilk bor Shvetsiya (21 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi) terma jamoasiga chaqirilgan. U yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 12-oktyabrida Irlandiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi. Keyingi oʻyinda, 2007-yil 16-oktyabrda Belgiyaga qarshi oʻyinda Bajrami gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 2009-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida qatnashgan, u yerda Shvetsiya yarim finalga qadar yetib borgan. Bajrami 2011-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida yoshlar jamoasida oʻynagan. 2009-yil 9-sentyabrda Bolgariya yoshlar terma jamoasi darvozasiga gol urdi. 2010-yil 2-mart kuni Portugaliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida Bajrami birinchi marta yoshlar terma jamoasi sardori boʻldi. 2010-yil iyun oyida Isroil va Chernogoriyaga qarshi saralash bahslarida u yana sardorlik qildi. 2010-yil 8-iyun kuni Chernogoriyaga qarshi saralash bahsi Bajramining 2011-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati final bosqichiga chiqa olmagan Shvetsiya yoshlar terma jamoasi uchun so‘nggi o‘yini bo‘ldi.

2009-yilning dekabrida Emir Bajrami Erik Hamren tomonidan Shvetsiya terma jamoasiga yanvar oyida yillik turnirga chaqirildi, unda faqat Skandinaviya klublari futbolchilari qatnashdi. 2010-yilning 20-yanvarida Ummon terma jamoasi bilan ushbu turning birinchi oʻyini Bajramining terma jamoadagi debyuti boʻldi. Bu uchrashuvda jami 10 nafar futbolchi debyut qildi.

Statistikka




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz