EMINOV KOZIM IBROHIMOVICH



EMINOV KOZIM IBROHIMOVICH (1928.24.5, Alushta, Qrim Respublikasi — 1976.1.5, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1972). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1953) va Toshkent pedagogika instituti (1968) ni tugatgan. 1968 yildan Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetida dars bergan, 1975 yildan dotsent. Eminov tarixiy, maishiy va manzara janrlarida asarlar yaratgan; his-tuyg’ularga boy romantik manzaralari bilan tanilgan: “Bahor suvi”, “yoz”, “Chimyon etaklari”, “Angren”, “Tsementchi ayollar” va boshqalar Asarlari muzeylarda, shaxsiy to’plamlar va galereyalarda saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz