Emine Sulton (Sulton Abdulazizning qizi)




Emine Sulton (usmonli turkcha: امینه سلطان) (1874-yil 24-avgust — 1920-yil 30-yanvar) Usmonli malikasi, Usmonli sultoni Abdulaziz va Nesrin Sultonning qizi.

Yoshligi



Emine Sulton 1874-yil 24-avgustda Dolmabahche saroyida tugʻilgan. Uning otasi Sulton Abdulaziz Sulton Mahmud II va Pertevniyal Sultonning oʻgʻli, onasi esa Shahzoda Ismoil Zevsh-Barakayning qizi Nesrin Xotun edi. U otasining kenja qizi va onasining ikkinchi farzandi edi. Uning ismi goʻdakligida vafot etgan otasining oldingi turmushidan boʻlgan oʻgay opasining sharafiga qoʻyilgan edi. U Shahzoda Mehmed Shevketning kenja singlisi edi.

Uning otasi Abdulaziz 1876-yil 30-mayda posholari tomonidan taxtdan agʻdarilgan, uning oʻrniga jiyani Murod V sulton boʻlgan. Ertasi kuni uni Feriye saroyiga koʻchirishadi. Abdulaziz atrofidagi ayollarni Dolmabahche saroyini tark etishni istamadi. Shuning uchun birgalikda Feriye saroyiga joʻnatishdi. Bu jarayonda ular boshdan-oyoq tintuv qilinib, barcha qimmatli narsalar tortib olindi. 1876-yil 4-iyunda Abdulaziz sirli sharoitda vafot etadi. Uning oʻlimi haqida qasddan qilingan degan fikrlar ham bor. dushmanlari boʻynini qaychi bilan kesishgan degan maʼlumotlar bor. Uning onasi bir necha kundan keyin, 1876-yil 11-iyunda vafot etdi, Emine Sulton hali ikki yoshga toʻlmaganida, uni katta akasi valiahd Shahzoda Yusuf Izzeddin oʻz xonadonida tarbiyalagan.

Nikohi



Sulton Abdulhamid II uning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulqodirni Emine Sultonga uylantirishga qaror qiladi, biroq u bu nikohni rad etadi. Boisi, garchi Sulton buni oʻrinli deb bilgan boʻlsada, oʻzidan yosh shahzoda bilan turmush qurishni istamas edi.

1901-yilda Abdulhamid oʻzining vazifalari boʻlgan akasining qizlarini turmushga berishni amalga oshiradi, Sulton Murod V ning ikki qizi, malikalar Hatiche Sulton va Fehime Sultonlarni turmushga berdi. Emine Sultonni ham yigirma yetti yoshida 1901-yil 3-sentyabrda Yulduz saroyida Mehmed Sharif poshoga turmushga berdi. Mehmed Sharif Posho sharq tarixi va adabiyotidan xabardor olim boʻlgan, tarjimalari bilan tanilgan inson edi. Er-xotinga Mehmed Sodiq Poshoning Chorşikapida joylashgan saroyi berildi.

1910-yilning yanvarida Emine va uning eri Istanbulda Radikal Usmonli partiyasini tashkil qilishda Ahmad Fehmi Bey tahallusi bilan Kamol Beyga yordam berishdi. Ushbu tashkilotning filiallari Bursa va boshqa Anato lian shaharlarida tashkil etilgan edi. Ularning imperiya ichidagi faoliyati kengayganidan koʻp oʻtmay, hukumat fitnachilarning harakatlaridan toʻliq xabardor boʻlib, ularning imperiyadagi aloqalari haqida maʼlumot toʻplashni boshlashdi.


Oʻlimi



Emine Sulton 1920-yil 30-yanvarda qirq besh yoshida Istanbulda vafot etdi va Istanbuldagi Divanyoʻlidagi Sulton Mahmud II maqbarasiga dafn qilindi.

Faxriy unvonlari




Shajarasi




Manbalar




Kitobiy manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz