Emine Erdoğan




Emine Erdoğan (talaffuzi: Emine Erdoan; qizlik familiyasi Gülbaran 1955-yil 16-fevralda tugʻilgan) Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğanning rafiqasidir.

Hayoti



U asli Siirtlik boʻlgan Hayriya va Jamol Gulbaranning qizi boʻlib, uning bobosi Hamdi Ali Gulbaran Siirtdan Istanbulga ko‘chib kelib, Fotihda hayotini davom ettirgan. U taʼlim olishni Zaynab Komil nomli boshlangʻich maktabda boshlagan, keyinchalik Mithatposha nomli kechki sanʼat maktabida davom ettirgan, lekin bu yerda taʼlimni nihoyasiga yetkazmagan. Emine Erdoğan yoshlik yillarida nodavlat tashkilotlar tadbirlarida faol ishtirok etgan. U shuningdek, „Idealist ayollar ittifoqi“ning asoschilaridan biri hisoblanadi.

Emine Erdoğan „Idealist ayollar ittifoqi“da faoliyat yuritdi. U bu yerda oʻtkazilgan konferentsiya jarayonida Rajab Toyyib Erdoğan bilan tanishdi va ular 1978 yil 4 iyulda turmush qurishdi. Ularning Ahmet Burak, Nejmettin Bilal, Esra va Sümeyye ismli toʻrt nafar farzandi bor.

Emine Erdoğan koʻngilli faoliyatlarni keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilingan „Jamiyat taraqqiyotining koʻngilli elchilari“ loyihasini; bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan loyihani; „7 juda kech“ singari ilk bolalik davridagi taʼlimning muhimligini taʼkidlovchi turli loyihalarni qoʻllab-quvvatlab keladi.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz