Emine Şenlikoğlu
Emine Şenlikoğlu (1950-yil 1-yanvar, Giresun shahrida tugʻilgan) — turk tadqiqotchisi, yozuvchisi. Asl ismi Emine Oʻzjan Şenlikoğlu (Emine Özkan Şenlikoğlu)dir. U islomiy mazmundagi kitob va romanlar yozishi, konferensiyalaridagi nutqlari bilan mashhur.
Hayoti
Emine Şenlikoğlu 1950-yilda tugʻilgan Giresun-Dereli-Anbaralan qishlogʻida juda yoshligidan Adapazariga, u yerdan oilasi bilan Istanbulga koʻchib oʻtgan va yoshligida oʻz izlanishlarini boshlagan. U, birinchi navbatda, nasroniylik dini va Injil boʻyicha tadqiqotlar olib boradi. Keyingi yillarda islom dini bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. U asosiy islom ilmlari hisoblangan fiqh va aqoid ustida ishlagan. U 1984-yilda yozgan birinchi kitobi „Yoshlikning iymonini soʻroqlar bilan oʻgʻirladilar“ (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar) tufayli sudlangan. U 8 yil-u 3 oy qamoq jazosiga hukm qilinadi. U teolog, jurnalist va yozuvchi Rejep Özjan bilan turmush qurgan va ikki farzandi bor.
Taʼlim olishi
Emine Şenlikoğlu boshlangʻich maktab va Imom-Xatip litseyini erta tamomlaydi. Turmush qurgach teolog boʻlgan turmush oʻrtogʻi Rejep Oʻzjan va boshqa maxsus oʻqituvchilardan saboq oladi. Oz muddat Qohiradagi Al-Azhar Universitetida ta'lim oladi.
Ijodi
Emine Şenlikoğlu 1985-yildan beri „Letter“ jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. Vaqti-vaqti bilan Turkiyaning turli shaharlarida va xorijda konferensiyalar oʻtkazadi.
2015-yilning 13-may kuni Emine Şenlikoğlu jamiyat rahbari Adnan Oktarning shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan daʼvo doirasida bayonot olish uchun Otaturk aeroportida hibsga olingan edi. 1984-yildan „Maktub“ (Mektup) jurnalini chiqarishni boshlagan. „Mahkum tuygʻular“ (Mahkûm Duygular, 1985), „Ruhim oynasi“ (Ruhumun Penceresi, 1991) sheʼriy toʻplamlari, „Mariya“ (Maria, 1993), „Men kimning qurboniman“ (Ben Kimin Kurbanıyım, 1993), „Soʻnggi pushmon foyda etar“ (Son Pişmanlık Fayda Eder, 1997) romanlari, „Yigʻlatgan yillar“ (Ağlatan Yıllar, 1991) xotira-kitobi, „Vijdon azobi“ (Vicdan Azabı, 1992) toʻplamlari mashxur.
Fikr-mulohaza
Davlat madhiyasi kuylanayotganda bir daqiqalik sukutda turishni yoqtirmasligini aytib, madhiya o‘qilayotgan paytda o‘tirish mumkinligini aytgan. Shuningdek, u madhiyaning kompozitsiyasi gʻalati ekanligini va madhiyaga ehtirom koʻrsatish "dindorlar " tomonidan qilingan odat ekanini aytdi.
Kitoblari
Emine Şenlikoğlu oʻz asarlarini „qismli“ tarzda (toʻplam) va maxsus taxalluslar bilan nashr ettiradi.
Mariya
Bu nasroniy ona va ateist otaning nasroniy qizi haqidagi kitob. Asarda yosh qiz Abdulvahhob ismli yigit bilan islomiy mavzularda suhbati uni sarosimaga solib, fikrlarini shubha ostiga qo‘yadi. So‘roq natijasida yosh qiz islomni hayot tarzi va qarashlari sifatida qabul qiladi. Vaqti kelib o‘z yo‘lini topib olgan yosh qiz umrining qolgan qismini haqiqiy musulmon sifatida o‘tkazishga qaror qiladi.
Manba
Havolalar
uz.wikipedia.org