Emily Hampshire




Emily Hampshire (1981-yilda tug'ilgan) — kanadalik aktrisa. Uning eng mashhur rollari orasida 1998-yilgi "Boy Meets Girl"(Yigit qiz bilan uchrashdi) romantik komediya filmidagi Angelina, 2006-yilda "Sow Cake" (Qor keks) filmidagi Viviene, "Syfy" serialidagi "12 Monkeys"(12-maymun) (2015–2018) dramasidagi Jennifer Goines, "Ruby Gloom" va "CBC"ning "Schitt's Creek" seriyalidagi rollari kiradi.

Yoshlik yillar



Hampshir Monrealda tug'ilgan. U 11 yoshida onasi bilan "Les Miserables" spektaklida qatnashganidan so'ng aktyorlikka qiziqa boshladi. Uning qiziqishlari faqat qizlardan iborat katolik maktabi direktorining o'rinbosari tomonidan rivojlantirildi va u maktab teatri spektaklida chiqishlar qilardi. 16 yoshida u televideniya va kinoda rol o'ynash uchun Torontoga ko'chib o'tdi. U o'rta maktabdan so'ng, ko'p o'tmay "American Academy of Dramatic Arts" qabul qilindi.

Faoliyati



Hampshir 1996-yildan beri Kanada kino va televidenie sanoatida professional ravishda faoliyat yuritadi. U Kanadaning "This Space For Rent"(Ijara uchun bo'sh joy), "Carl² " va "Northern Town"(Shimoliy shaharcha) seriallarida rol o'ynagan. U 1999-yilda Toronto xalqaro kinofestivalida premyerasi bo'lib o'tgan Jerry Ciccoritti rejissori bo'lgan "The Life Before This"(Bundan oldingi hayot) badiiy filmida Margaret rolini o'ynadi.

2006-yilda Kevin Zegers va Samaire Armstrong bilan birga "It's a Boy/Girl Thing"(O'g'il/Qiz narsasi) romantik komediyasida Chanel rolini o'ynagan. 2009-yilda u "The Trotskiy "da Leon Trotskiyning sevgilisi Aleksandraning rolini o'ynagan. 2010-yilda u Kanadaning "Good Neighbours"(Yaxshi qo'shnilar) hind filmida rol o'ynadi. Hampshir shuningdek, "Ruby Gloom" animatsion seriyalida Misery personajlarini, "Anna of Green Gables: The Animated Series" filmidagi Diana Barryni, "Carl Squared" filmidagi Chloe Crashmanni, "6Teen" filmidagi Starrni va "Braceface" filmida Alyson Malitskini ijro etgan holda ovoz beruvchi aktyorlik ham qilgan.

2012-yil 23-may kuni Fransiyaning Kann shahrida Hampshir va aktrisa hamkasbi Sarah Gadon "Telefilm Canada"ning “Tribute To Canadian Talent"(Kanadalik iste’dodlarga hurmat) matbuot anjumani va ziyofatida birinchi "Birks Canadian Diamond" mukofoti bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, 2012-yilda Hampshir David Cronenbergning “Kosmopolis” filmida Jane Melman rolini oʻynadi. Sean Garrityning “My Awkward Sexual Adventure” nomli komediya filmida ham rol oʻynadi. O'sha yili u futuristik-zombi filmi "The Returned"(Qaytganlar) filmida rol o'ynadi.

2014-yilda Hampshir "Syfy"ning seriyali "12 Monkeys"(12-maymun)da Jennifer Goinesning rolini o'ynagan. 2015-yilda u filmning ikkinchi mavsumi uchun rol o'ynadi. 2015-yildan 2020-yilgacha u "CBC"ning teleseriali hisoblanuvchi "Schitt's Creek"da Stevie Budd rolini o'ynagan.

2015-yil oxirida Hampshir Xaver Dolanning "The Death and Life of John F."(Jon F. Donovanning o'limi va hayoti) nomlanuvchi mustaqil filmida rol o'ynadi. Unda Natali Portman, Katy Bates va Susan Sarandon ham rol o'ynaydi.

2021-yilda u "The Tragically Hip" guruhining "Saskadelphia","Not Necessary" singli uchun musiqiy videoda paydo bo'ldi.

Shaxsiy hayot



2006-yilda Hampshir sobiq futbolchi Matthew Smithga turmushga chiqdi. U "William Morris" iste'dodlar agentligida ishlagan. U 2014-yilda "Shitt's Creek" filmida rol o'ynashidan biroz oldin ular ajrashishdi. 2018-yil sentyabr oyida Hampshir qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi Teddy Geiger bilan munosabatda boʻlganligi tasdiqlandi. Ular 2018-yilning noyabr oyida unashtirilgan. Ular 2019-yil 10-iyun kuni ajralishdi.

2007-yilda Hampshir Los-Anjelesga ko'chib o'tdi. U 2014-yil sentyabrida AQSh fuqaroligini oldi va hozirda vaqtini Los-Anjeles va Toronto o'tkazadi.

Filmografiyasi




Film




Televizion filmlari





Video O'yinlar




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz