Emily Clark (xokkeychi)
Emily Clark (talaffuzi: Emili Klerk; 1995-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. 2011-yilda Kanadaning 18 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi bilan kurashgan. Kanada ayollar milliy xokkey jamoasi safida 2014-yil 4 Millatlar Kubogida debyut qilgan. 2014-yilning kuzida Wisconsin Badgers ayollar xokkey jamoasiga qoʻshildi. 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Kanada terma jamoasi bilan oʻynadi va Kanada finalda yutqazib, kumush medalga ega boʻldi.
Yoshligi
Clark 1995-yil 28-noyabrda Saskachewanning Saskatoon shahrida tugʻilgan. Olti farzandning eng kichigi edi, ularning barchasi xokkey oʻynagan, otasi esa mahalliy murabbiy boʻlib ishlagan.
Faoliyati
2010—2011-yilgi mavsumda Clark Saskatoon Stars jamoasining sardori boʻlib Macʻs Tournament with the Stars musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2011-yilgi Kanada qishki oʻyinlarida Saskachevan jamoasi bilan qatnashgan.
Kanada xokkeyi
2011-yil avgust oyida Clark 18 yoshgacha boʻlgan Kanada milliy ayollar xokkey jamoasi bilan AQSHga qarshi uchta oʻyindan iborat seriyada oʻynadi. Seriyaning uchinchi oʻyinida Clark gol urdi, Kanada seriyada gʻalaba qozondi. Bundan tashqari, u jamoadagi eng yosh oʻyinchi edi.
NCAA
NCAAdagi debyutini 2014-yil 3-oktyabrda Clark Minnesota-Duluth Bulldogsga qarshi 4:1 hisobidagi gʻalabada oʻtkazdi, uch ochkoni (ikkita gol, bitta assist) qayd etdi.
Clark 2016-yil 4-dekabrda Wisconsinning azaliy raqibi Minnesota Golden Gophersga qarshi oʻyinda (8:2 gʻalaba) golli uzatmani yozdirib qoʻydi. Dekabr oyida boʻlib oʻtgan har bir oʻyinda u kamida bitta ochko oldi. Saʼy-harakatlari natijasida u oʻz faoliyatidagi birinchi marta WCHA oy oʻyinchisi deb topildi. Clark Kanada Ayollar Xokkey Ligasida oʻynashni xohlagan edi, ammo kollejni bitirishidan oldin faoliyatini toʻxtatdi.
2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari
Clark 2018-yilda Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida boʻlib oʻtadigan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Kanada terma jamoasi tarkibiga tanlangan edi. Clark oʻzining birinchi Olimpiyadagi golini yarim finalda Rossiya term jamoasi qarshi bahsda kiritdi, unda Kanada 5-0 hisobida gʻalaba qozondi.
2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari
2022-yil 11-yanvarda Clark Kanadaning 2022-yilgi Olimpiya terma jamoasiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik
Kanada xokkeyi
SFMAAAHL
NCAA
Izoh: GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlik, PPG=Pover-pley goll, SHG=qisqa gol, GWG=gʻalaba keltiruvchi gol
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org