Emily Carey
Emily Joanna Carey (talaffuzi: Emili Joanna Keri; 30-aprel, 2003-yil, Barnet, Angliyada tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa va model. Emily House of the Dragon filmidagi yosh Alicent Hightower roli orqali, BBC One efirga uzatgan Casualty (2014-2017, 2021) teleserialidagi Grace Beauchamp hamda iPlayer va Netflix’ning Get Even serialidagi Mika Cavanaughrollari bilan mashhur.
Faoliyati
Aktrisa Casualty and Get Even teleseriallaridagi rollari bilan bir qatorda Warner Brothers filmi Wonder Woman (2017)da Gal Gadot tomonidan tasvirlangan obroz Diana Prince (Mo‘jizakor ayol)ning yoshligi Diana Prince rolini ham ijro etgan. U 2018-yil mart oyida chiqarilgan Tomb Raider qayta ishlangan filmda Lara Croftning yoshlig davridagi qiyofasini gavdalantiradi.
Boshqa ishlar qatorida FOX/ ITVmahsuloti Houdini and Doyleteleserialidagi Mary Conan Doyle roli hamda Theatre Royalda sahnalashtirilgan Shrek The Musicaldagi ijro etgan roli hamda Olivier mukofotiga nomzod boʻlgan Regents Park ochiq osmon teatrida sahnalashtirilgan The Sound of Musicdagi rollari mavjud.
U shuningdek, Idina Menzel va Michael Bubléning Baby, Itʼs Cold Outside muqovasida Idina Menzelning yoshroq talqinini ijro etgan. Carey Huffington Post maqolasida 2016-yilning eng yaxshi beshta bolakay yulduzlaridan biri sifatida qayd etilgan.
U Netflix uchun Anastasia: Once Upon a Time kartinasida Anastasia rolini oʻynagan. Carey Laurie Foxning The Lost Girls romanining ssenariysi boʻyicha oʻsmir Wendy obrazini yaratadi. U 2019-yilda IMG Models bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilning 6-iyulida Emily HBO telekanalining „Taxtlar o‘yini“ koʻp mavsumli teleserialining aktyorlar tarkibiga qo‘shilishi haqida eʼlon qilinadi.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Musiqiy videolar
Sahnalarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org