Emily Blunt




Emily Olivia Laura Blunt (talaffuzi: Emili Oliviya Laura Blant; 1983-yil 23-fevralda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa.

Biografiyasi



Emily Olivia Laura Blunt 1983-yil 23-fevralda Londonda tugʻilgan. Onasi Joanna Blunt oʻqituvchi, otasi Oliver Blunt esa advokat boʻlib ishlagan. Bluntlar oilasida Emilydan tashqari yana uch farzand bor. Emily hozirda Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi.

Karyerasi



Kinoaktrisa boʻlishidan oldin Blunt teatrda rollar ijro etdi: 2001-yilda u London shahridagi Haymarket Theatre'da Judi Dench bilan bir sahnada The Royal Family („Qirollik oilasi“) spektaklida birinchi marta rol oʻynadi. Spektaklda Blunt Gwen Cavendish personajini gavdalantirgan. Ijrosi ortidan Evening Standard gazetasining „Eng yaxshi yangi kelgan aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Shaxsiy hayoti



2010-yil 10-iyulida Blunt aktyor John Krasinski bilan Italiyada turmush qurgan. Er-xotinning ikkita qizi bor.

Blunt 2015-yil avgust oyida AQSh fuqaroligini olgan.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz