El-yurt umidi jamg‘armasi




„El-yurt umidi“ jamgʻarmasi — xorijda yashayotgan va professional faoliyatini yuritayotganlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega olimlar, mutaxassislar va isteʼdodli yoshlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida hamda Oʻzbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish orqali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan.

Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi etib tashkil etilgan. Jamgʻarma xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va oʻqishini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Prezidentining „Iste’dod“ jamgʻarmasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Jamgʻarmaga xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishni tashkil etishda Davlat test markazi tomonidan har tomonlama uslubiy yordam koʻrsatiladi. Jamgʻarma orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olgan stipendiatlarning ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarini, shu jumladan, fan doktori ilmiy darajasini, maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish (ekvivalentligini belgilashni) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ta’minlanishi belgilangan.

Xorijda magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha ta’lim olish, malaka oshirish va stajirovka oʻtashga qabul qilish faqat Oʻzbekiston fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshiriladi. Magistratura yoki doktorantura dasturi boʻyicha xorijda ta’lim olgan stipendiatga, oliy ta’lim yoki ilmiy muassasada, shuningdek, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarida egallagan mutaxassisligi boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan muddatda uzluksiz ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Asosiy vazifasi



Quyidagilar jamgʻarmaning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilangan:


Jamgʻarma stipendiyalari





Taʼlim muddati




Talablar




Prezidentning „Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida „El-yurt umidi“ jamgʻarmasi 2021-yilda ochiq stipendiya tanlovlari asosida yoshlarning nufuzli xorijiy mamlakatlarda bakalavriat dasturi boʻyicha taʼlim olishi uchun 100 ta oʻrin, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun avvalgi yillarga nisbatan oʻrtacha 5 barobar koʻp oʻrin ajratilishi belgilangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz