Elvis Sarić




Elvis Sarić (talaffuzi: Elvis Sarich; 1990-yil 21-iyulda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, K liga 1 vakili Suvon Bluewings klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Sarić professional faoliyatini GOŠK Dubrovnikda boshlagan, 2009-yilda Lučkoga qoʻshilgan. Toʻrt yil oʻtgach Vinogradarga oʻtdi. 2014-yilda „nter Zapreshich“ ga oʻtdi. Oʻsha yilning oxirida Sloboda Tuzla bilan shartnoma imzoladi. Sarić 2016-yilda Saraevoga kelib qoʻshildi. Ikki yildan soʻng Suvon Bluewings bilan shartnoma imzoladi. Bir yil oʻtib, Al Ahliga qoʻshildi. 2021-yilda Goritsaga oʻtdi. Keyingi yili Suvon Bluewingsga qaytdi.

Sarić 2018-yilda Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida debyut qildi va 2021-yilgacha 19 oʻyin oʻtkazdi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Sarić ona shahri GOŠK Dubrovnik klubining yoshlar tarkibidan oʻtgan. 2008-yilda 18 yoshida professional debyut qilgan. Jamoani tark etgach, Xorvatiyada NK Lučko, Vinogradar va NK Inter Zaprešić jamoalarida oʻynadi.

2014-yilning yozida Bosniyaning Sloboda Tuzla jamoasiga oʻtdi.

2016-yil iyun oyida Sarajevoga oʻtdi.

Suwon Bluewings



2018-yilning iyul oyida Sarić uch yillik shartnoma asosida Janubiy Koreyaning Suwon Bluewings jamoasiga oʻtdi. Klubdagi debyutini 11-iyul kuni Jeonnam Dragonsga qarshi oʻtkazdi. 8-avgust kuni Koreya FA kubogi doirasidagi Cheonan Cityga qarshi oʻyinda Suwon Bluewingsdagi birinchi golini kiritdi. Yetti hafta oʻtgach, Ulsan Hyundai darvozasiga ikki ta gol urdi.

Al Ahli



2019-yil iyul oyida Sarić Saudiya Arabistonining Al Ahli jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilindi. Klubdagi rasmiy debyutini 22-avgust kuni Al-Adalahga qarshi oʻtkazdi.

2020-yil sentabr oyida tizzasidan jarohat oldi, kamida olti oyga safdan chiqqani maʼlum boʻldi. 2021-yilning 15-aprelida jarohatdan 7 oy o‘tib maydonga qaytdi.

Faoliyatining keyingi bosqichi



Sentyabr oyida Sarić Gorica bilan shartnoma imzoladi.

2022-yilning yanvarida Suvon Bluewingsga qaytdi.

Xalqaro faoliyati



2018-yil yanvar oyida Sarić AQSh va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Bosniya va Gersegovinaga birinchi chaqiruv oldi. 28-yanvar kuni AQShga qarshi debyut qildi.

8-sentabr kuni UEFA Millatlar ligasining 2018—2019-yilgi mavsumida Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinda Sarić terma jamoasidagi birinchi golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Sarić 2020-yil iyun oyida maʼshuqasi Ivonaga uylandi.

Faoliyat statistikasi



Klub




29-oktyabr, 2022-yil[19]

Xalqaro




12-oktyabr, 2021-yil[20]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz