Elvira Akimova
Akimova Elvira Shevkiivna (qrim tatarcha: Elvira Akimova, 1970-yil 24-mart, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Ukrainalik qrim-tatar siyosatchisi va oʻqituvchisi, Yeda Kuyu (Leninskiy) viloyat majlisi rahbari (2012-2013).
Biografiya
Elvira Akimov Oʻzbekiston SSRning Andijon shahrida tavallud topgan. 1995-yilda Ukrainada, Xerson viloyatining Xerson davlat pedagogika institutining slavyan filologiyasi fakultetini tamomlagan, soʻngra o'z soxasida oʻqituvchilik bilan shugʻullana boshlagan. 2004-yilda ikkinchi oliy maʼlumotni Qrimdagi oliy taʼlim institutining Qrim tatar filologiyasi fakultetida olgan. 2012-yildan Kaliniv oʻquv majmuasida direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2012-yil 18-martda Akimova Qrim-tatar xalqining Yeda Kuyu (Leninskiy) viloyat majlisi rahbari etib saylandi. Yashirin reytingda ovoz berish natijalariga koʻra, u boshqa nomzodlar Nodira Ajaripova va Shevki Nafeyevadan oldinda edi. Yakunda viloyat majlisi rahbarligida 1yildan oshiq vaqt davomida ishladi. 2013-yil 12-noyabr kuni Elvira Akimov sog‘lig‘i va oilaviy sharoiti tufayli o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatilgan edi. Lenur Ablyazimov Akimova oʻrniga Yeda Kuya viloyat majlisi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org