Elvir Bolić
Elvir Bolić (talaffuzi: Elvir Bolich) (bosniyacha Xorvatcha talaffuzi: bǒːlitɕ
) (1971-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — bosniyalik sobiq futbolchi .
Elvir Bolić oʻzining 18 yillik professional faoliyatining katta qismini Turkiyada oʻtkazdi. Elvir Bolić Turkiyadagi faoliyati davomida yettita klubda, jumladan "Galatasaray" va "Fenerbahche" futbol klublarida oʻynagan edi. Elvir Bolić Ispaniyada „Rayo Vallecano“ futbol klubida ham uch yil oʻynagan edi.
Elvir Bolić toʻliq oʻn yil davomida Bosniya va Gersegovina milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Čelik Zenica / Red Star
Bosniya va Gertsegovina SRning Zenica shahrida tugʻilgan Elvir Bolić dastlab mahalliy „Čelik Zenica“ futbol klubi bilan oʻynay boshlagan edi.
1991-yil dekabr oyida Elvir Bolićni Yugoslaviyaning „Red Star Belgrade“ futbol klubi sotib oldi. Elvir Bolić klub safidagi oʻzining yagona mavsumida Yugoslaviya birinchi ligasida 11 oʻyinda ikkita gol urdi.
Keyingi yilning iyun oyida Elvir Bolić Yugoslaviya milliy futbol terma jamoasining Fransiyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlganida, oilasidan Elvir Bolićga Bosniyada vaziyat yomonlashgani va harbiy mojaro boshlangani haqida yomon xabar keldi. Shundan soʻng, Elvir Bolić klub direktorlariga Belgradga qaytib kelmasligini aytdi va agenti bilan uchrashish uchun Turkiyaga joʻnab ketdi. „Red Stars“ futbol klubi Elvir Bolićning istagini hurmat qildi. Keyinchalik Elvir Bolić „ Galatasaray“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Turkiya
Elvir Bolić 1992-yilning yozida Turkiyaga koʻchib oʻtdi va keyingi sakkiz yil davomida mamlakat Superligasida toʻp surdi. Elvir Bolić Turkiyadagi futbolchilik faoliyatini „Galatasaray“ futbol klubi bilan boshladi. Keyinchalik Elvir Bolić Turkiyaning „Gaziantepspor“ va "Fenerbahçe" kabi klublarida oʻynadi.
1996-yil 30-oktabrda Elvir Bolić „Fenerbahçe“ futbol klubi safida "Manchester United" futbol klubining Yevropadagi 40 yillik mag‘lubiyatsiz uy oʻyinlari rekordini yangiladi (yaʼni, Elvir Bolić „Manchester United“ futbol klubini magʻlubiyatga olib kelgan golni kiritishga muvaffaq boʻldi).
Keyingi faoliyati
Elvir Bolić 2000-yillarni Ispaniyada „Rayo Vallecano“ futbol jamoasi bilan boshlagan. Elvir Bolić uch mavsumni La Ligada klub bilan oʻtkazgan. Elvir Bolić klub safidagi oʻzining birinchi yilida 32 oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkichlar Madridning chekkasidagi jamoaga chorak finalga chiqishga yordam berdi.
2003-yilda Elvir Bolić yana uzoq muddatga Turkiyaga qaytib keldi va iyul oyi oxirida „Istanbulspor“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Mavsum oxirida Elvir Bolić „ Gençlerbirliği“ jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi. Shundan soʻng, Elvir Bolić mamlakatdagi ikkinchi faoliyatini „Malatyaspor“ va "Istanbulspor" futbol klublari bilan yakunladi.
Elvir Bolić 2006-yilning sentyabr oyida 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Xalqaro oʻyinlar
Manbalar
uz.wikipedia.org