Elura




Ellora , Ellur, Elura (YEPoga, YE1iga) — qadimiy meʼmoriy yodgorliklar saqlangan manzil; Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridan 15 km uzoqda. E. yaqinidagi qoyatoshlarga 6—13-asrlarda buddizm (12 ta), brahmanizm (17 ta) va jaynizm (5 ta) ibodatxonalari (jami 34 ta) oʻyib ishlangan. Ulardan yaxlit qoyatoshga oʻyib ishlangan Kaylasanatx ibodatxonasi mahobatliligi hamda boʻrtma tasvirlarining dramatizmi bilan mashhur: 50x33,2 m tarhli ibodatxona hovli (tarhi 84,1x46,9 m) bilan oʻralgan, ibodatxona supasining uchdan bir qismi tabiiy kattalikdagi fillarning boʻrtma (gorelyef) haykallari bilan hoshiyalangan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz