Elton




Elton — Kaspiyboʻyi pasttekisligidagi koʻl. RF Volgograd viloyatida, Gʻarbiy Qozogʻiston chegarasiga yaqin joyda, dengiz sathidan 14,7 m pastda joylashgan. Maydoni 152 km², uz. qariyb 20 km, eng keng joyi 15 km. E.ga 7 shoʻr kichik daryo va bir necha shoʻr buloqlar quyiladi. Koʻlning tubi qalin tuz va mineral balchiq qatlamlaridan iborat. E.dan koʻplab osh tuzi, mineral tuzlar va shifobaxsh balchiq qazib olinadi. Koʻl yaqinida Elton shaharchasi va balneobalchiq kurorti joylashgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz